INSON HUQUQLARI
MILLIY MARKAZI BILAN UCHRASHUV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-fevraldagi 46-son Qarori hamda “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan ushbu Markaz tomonidan chop etilayotgan huquqiy adabiyotlardan universitet Axborot-resurs markaziga sovg‘a tariqasida taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida kutubxona fondiga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan inson huquqlariga oid 53 nomdagi 260 ta adabiyot beg‘araz topshirildi.
http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m11482