SADIKOVA ALBINA
BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI
Boshlang’ich ta’limda matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
DARS JARAYONI FOTO LAVHALAR
Berilgan topshiriqlarni guruh bo'lib birgalikda yechish talabalarning olgan bilmlarini to'liq va mustahkam bo'lishi bilan bir qatorda 4K kompetensiyalarini rivojlantiradi.
DARS JARAYONI VIDEO LAVHALAR
Avtobiografiya
Sadikova Albina Venerovna 1977-yil 13-avgust kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi Chinobod qishlog‘ida o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan. 1994-1999-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matematika fakultetida matematika va informatika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi. Universitetda o‘qish davomida respublika olimpiadalarida ko‘p marotaba ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan. 1999-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tamomladi.
O‘z faoliyatini 1997-yilda o‘rta maktabda matematika o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2003-yildan beri u "Gumanitar fakultetlarda matematika" kafedrasi o‘qituvchisi, "Gumanitar fakultetlarda matematika" kafedrasi dotsenti, "Boshlang‘ich ta’lim metodikasi" kafedrasi dotsenti, Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimlarida ishlagan. 2014-2016-yillarda "Boshlang‘ich ta’lim metodikasi" kafedrasi mudiri, 2016-2017-yillarda esa Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani bo‘lib ishlagan. 2017-2019-yillarda "Boshlang‘ich ta’lim metodikasi" kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan. 22.08.2019 y. - 24.03.2020 y. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Masofaviy ta’lim” kafedrasi dotsenti, 24.03.2020 y. - 1.03.2021 y. - “Masofaviy ta’lim” kafedrasi mudiri v.b., 1.03.2021 y. – 10.02.2022 y. - “Boshlang‘ich ta’lim fanlari” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan, 10.02.2022 y. - h.v. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’limda matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda
2009-yil 17-dekabrda A.V.Sadikova "Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining matematika fanidan mustaqil ishlarini tashkil etish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2012 yilda unga dotsent ilmiy unvoni berildi.
A.V.Sadikova 2 ta monografiya, 3 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta metodik qo‘llanma va 100 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalarning muallifi bo‘lib, shu jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-, 2-, 3-, 4-sinf matematika darsliklarning multimedia ilovalari va metodik qo‘llanmalarining hammuallifidir. 2015-yilda u "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
A.V.Sadikova Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar Respublika yarmarkalarining doimiy va faol ishtirokchisi. Ilmiy rahbarligi ostida iqtidorli talabalar har yili xalqaro internet olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritadilar. A.V.Sadikova amaliy va fundamental grantlar muallifi va ijrochisi hisoblanadi.
Shuningdek, A.V.Sadikova Respublika ta’lim markazi Ilmiy-metodik kengashi a’zosi va boshlang‘ich maktablarda matematika bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni ekspertiza qilish bo‘yicha mutaxassis.
Oilali, ikki farzandning onasi.
Sadikova , Albina , Садикова Албина