ONLINE TESTLAR
ONLINE TESTLAR
Oliygoh.uz tomonidan tashkil etilgan online test tizimi, abituriyentlarga qulaylik yaratib, ularning bilimlarini sinovdan o'tkazishga imkon beradi. Ushbu testlar orqali talabalar o'z bilimlarini real vaqtda baholay oladilar. Test yakunida to'plangan ballarga mos qaysi yo'nalishlarga kirish imkoniyati mavjudligini bilib olishingiz mumkin.
Test natijalari asosida beriladigan tahliliy ma’lumotlar orqali foydalanuvchi o‘z natijalarini do‘stlari yoki boshqa test topshiruvchilar bilan solishtirishi, o‘rtacha ball, maksimal ball va umumiy reyting kabi ko‘rsatkichlarni ko‘rishi mumkin. Bu esa abituriyentga real raqobat muhitini his qilish imkonini beradi.
Shuningdek, platformada qaysi oliy ta’lim muassasalari va yo‘nalishlarga kirish uchun yetarli ball to‘plaganingiz haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi. Bu esa abituriyentga o‘z imkoniyatlarini oldindan baholab, tanlov qilishda aniqroq qaror qabul qilishga yordam beradi.