LIBRARY-WIKIPEDIYA

Adabiyotlar

Adabiyot so'zining ma'nosi

Adabiyot (arabcha — adab soʻzining koʻpligi) — 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xoʻjaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. Sanʼatning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi); voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiradi.

Adabiyot avval ogʻzaki boʻlgan, yozuv paydo boʻlgandan soʻng yozma shaklga oʻtgan. Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi.

Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida, ayniqsa, lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmunan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi.

Milliy adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yigʻilgan tajriba va anʼananing ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga koʻtaradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan adabiyot oʻz navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini oʻtaydi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotda adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik boʻlsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham adabiyotning maqsadi maʼlum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini toʻla ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali „tip“ deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga koʻtarilgan obrazlardir. Adabiyot voqelikni aks ettirar ekan, unga goʻzallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham gʻoyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning taʼsirli chiqishi, boshqa koʻp mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, koʻtarinkiligiga ham bogʻliq boʻladi.

Milliy adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yigʻilgan tajriba va anʼananing ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga koʻtaradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan adabiyot oʻz navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini oʻtaydi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotda adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik boʻlsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham adabiyotning maqsadi maʼlum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini toʻla ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali „tip“ deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga koʻtarilgan obrazlardir. Adabiyot voqelikni aks ettirar ekan, unga goʻzallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham gʻoyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning taʼsirli chiqishi, boshqa koʻp mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, koʻtarinkiligiga ham bogʻliq boʻladi.


Adabiyotshunoslik

Adabiyotshunoslik — badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, oʻziga xos xususiyatlari, paydo boʻlish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlgan boʻlimni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni oʻz ichiga oladi. A.ning ildizi maqol, qoʻshiq, doston singari xalq ogʻzaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asaridan joy olgan matallarga, badiiy soʻz unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, oʻsha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar A.ning olis tarixidagi koʻrinishidir. A. ilmiga oid teran qarashlar Foro-biining „Sheʼr sanʼati…“ kitobida mu-fassal bayon qilingan (10-asr). Unda sheʼriy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, soʻz qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jur-joniyning „Asror ul-balogʻa fi-ilmi bayon“ („Bayon ilmida balogʻat sirlari“) asarida soʻz sanʼatidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urgʻu berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning „Kitob ul-moʻ’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam“ („Ajam sheʼriyati meʼyorlari qomusi“) kitobida nazariy masalalar — aruz tizimi, poetik sanʼatlar, sheʼriy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning „Qobusnoma“sidan (11-asr) esa, sheʼr jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, taʼsirchan boʻlishi lozimligi haqidagi mulohazalar oʻrin olgan. Adabiyot tarixi yoʻnalishida muay-yan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yoʻli chuqur oʻrganiladi. Jumladan, oʻzbek milliy adabiyoti bosib oʻtgan uzoq tari-xiy yoʻl, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining oʻziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayon-ga koʻrsatgan taʼsiri yuzasidan koʻplab tadqiqotlar yaratilgan. A. tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshu-nos olim Atoulloh Husayniy, Zamax-shariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir. Oʻzbek A.ning takomili Navoiy (qarang Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek tilidagi tazkira janriga asos solgan „Majolis un-nafois“ („Goʻzal majlislar“) ilk oʻzbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida oʻziga zamondosh boʻlgan 469 shoir, olim, bastakor, xattot, sheʼriyat homiylari haqida maʼlumot beradi, badiiy mahorat, sanʼatkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning „Holoti Pahlavon Muhammad“, „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“, Jomiyga bagʻishlangan „Hamsat ul-mutahayyirin“ („Besh hayrat“) singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning „Mezon ul-avzon“ („Vaznlar oʻlchovi“) asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etil-gan. Husayn Boyqaro esa, oʻz navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida maʼlumot beruvchi risola yarat-gan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Mux-tasar“ kitobi bilan Navoiydan soʻng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga koʻtardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida maʼlumot be-riladi. Oʻzbek adabiyotshunosligining key-ingi davrlardagi yoʻnalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, 19-asr boshlarida Fazliy rahbarligida sheʼriy shaklda yaratilgan „Majmuai sho-iron“ („Shoirlar guruhi“) tazkirasi Qoʻqon xoni saroyiga toʻplangan ijod-korlar haqida nisbatan toʻliq maʼlu-mot beradi. Ahmad Tabibiyning sheʼriy shakldagi „Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy“ („Shoh Feruz shoirlari guruhi“) hamda „Muhammasoti majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy“ („Shogʻ Feruz shoirlari guruhining muhammaslari“) tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga boʻlib oʻrganiladi (20-asr boshi). Birinchisida gʻazallar, ikkinchisida muhammas va musaddaslar tahlil etiladi. Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida oʻzbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uygʻonish roʻy berdi — harakatdagi ada-biy jarayonni, yozuvchi ijodini, ada-biy muammolarni davrning maʼnaviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib oʻrganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat koʻrsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Ashura-li Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida soʻz sanʼati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urgʻu be-rildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqpol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari bilan bogʻlashga harakat qilindi. Choʻlponning „Adabiyot nadur?“ (1914) maqolasida oʻrtaga tashlangan „Adabiyot yashasa — millat yashar“ degan gʻoya milliy uygʻonish uchun ham daʼvat boʻldi.20-yillar oʻrtalarigacha A., asosan, ada-biy tanqid doirasida faoliyat koʻrsatdi. Shu paytlardan eʼtiboran shoʻro hukumati uni oʻz yoʻrigʻiga sola boshladi. Ijod mahsulini baholashda mafkoʻra, oʻtkinchi siyosat bosh mezonga aylandi. Adabiyot va A.dan bir yoqpama (markscha) dunyoqarash bilan qurollanish, voqelik va uning badiiy inʼikosi boʻlmish sanʼatga faqat sinfiy kurash, shoʻrolar mafkurasi nuqtai nazaridan turib yondashish talab qilindi. Bularga qoʻshimcha, mumtoz ada-biy merosdan voz kechish tamoyili hukm surdi. Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Hofiz, Rumiy, Huvaydo singari shoirlar yaratgan maʼnaviy mulk oʻquvchiga ke-raksiz, hatto, ziyonli deb eʼlon qilindi. Abdurauf Fitrat, Otajon Hoshim kabi adabiyotshunoslar bunday qarashlarga qarshi chiqib, madaniy merosni himoya qilishga urindilar. Shu yillari, muayyan kamchiliklardan holi boʻlmasada, dastlabki nazariy qoʻllanma — adabiyotshunos Abdurahmon Saʼdiyning „Amaliy, ham nazariy ada-178biyot darslari“ (1924) yaratildi. Fitratning „Adabiyot qoidalari“ (1926) darsligida esa oʻz davri Sharq va Gʻarb adabiyoti nazariyasi muammolari yoritildi. Shu muallifning „Oʻzbek adabiyoti namunalari“ kitobida Oʻrxun-Yenisey bitiklari, „Alpomish“, „Kitobi dadam Qoʻrqut“, „Devonu lugʻotit turk“dan par-chalar berildi, Yassaviy, Boqirgʻoniy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Bobur asarlaridan misollar keltirildi.20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida shoʻro adabiy siyosatida partiyaviy tazyiq ostida sinfiy dushman axtarish ruhi kuchaydi, ijod erkinligi boʻgʻildi, vulgar sotsiologizm koʻrinishlari avj oldi. Abdulla Qodiriyning „Oʻtgan kunlar“, „Mehrobdan chayon“ romanlari zararli asar deb, muallifning oʻzi esa burjua adibi deb qoralandi.30-yillar oʻrtasidan markaz Yozuvchilar uyushmasi qurultoyining qarori bilan rasmiy kuchga kirgan sotsialistik rea-lizm metodi haqidagi aqidaning keng joriy etilishi oqibatida oʻzbek A.ga partiyaviylik, sinfiylik, gʻoyaviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik degan tushunchalar chuqur singib bordi. Mumtoz adabiyotga munosabatda uni sa-roy adabiyoti, diniy-klerikal adabi-yot, reaksion yoxud progressiv deya bir xalq adabiyotini ikkiga ajratib talqin etish, ijodkorlar va ularning merosini sinfiy qarshilantirish tamoyili urfga kirdi. Oʻziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirgʻoniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi sho-irlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini oʻrganish deyarli man qilindi. Shoʻro mafkurasining zugʻumi, tanqid va A.ning jiddiy xatolari tufayli Abdul-la Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Soʻfizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud maʼnan mahv etildilar. Oʻsha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida Soʻfizoda, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, Izzat Sultonning „Adabiyot nazariyasi“ darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida A. fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yoʻllarni bosib oʻtishiga ham toʻgri keddi. Ayni shu yillari Oy-bek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yoʻnalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari, oʻsha „nazariyalar“ dan kelib chiqib, nohaq qoralandi.50-yillar oʻrtalaridan avval qatli om qilingan ayrim yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodini qayta oʻrganishga harakatlar boʻldi. Matyoqub Hoʻshjonov, Ozod Shara-fiddinov, Ibrohim Gʻafurov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, So-bir Mirvaliyev singari adabiyotshunos olimlarning adabiy jarayon, alohida ijodkor va asar haqidagi kitob va maqolalari adabiyotning nisbatan erkin nafas olishiga zamin yaratdi.60-70-yillarda oʻzbek adabiyoti tarixi yuzasidan qator asarlar yaratildi. Jumladan, ilk adabiy yodgorliklardan tortib 20-asr boshlarigacha boʻlgan dav-rlar merosini qamrab oluvchi 5 jild-li „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ kitobi nashr qilindi. Unda oʻta mafkuraviy talqin, adabiyot ilmidan chekinish, bir yoqlamalik qusurlari mavjud esada, ming yillik adabiyotimizning tari-xiy taraqqiyoti, yetakchi tamoyillari, soʻz sanʼatkorlarining hayoti va ijodi, asarlaridagi oʻziga xosliklar, mahorat belgilari toʻgʻrisida zamona yutuqpari darajasida muxtasar maʼlumot berildi. Dunyodagi eng qadim madaniyat oʻchoklaridan biri boʻlmish yurtimizda yaratilgan jamiki adabiy-estetik boyliklarga xolis nuqtai na-zar bilan qarash va baho berish imkoniyati paydo boʻldi. Natijada, adabiyotshunos olimlar soʻz sanʼatimiz tarixida eʼtibor-179ga loyiq neki asar boʻlsa, barchasini chuqur oʻrganishdek mas’uliyatli yumushga kirishdilar. „Avesto“dek teran va mu-rakkab diniy-maʼrifiy yodgorlik, xalq ogʻzaki ijodining gultoji boʻlmish „Al-pomish“ dostoni va boshqa oʻnlab epik asarlar atroflicha tadqiq etildi. Tasavvuf taʼlimotining badiiy ijodga koʻrsatgan taʼsiri xususida Na-jmiddin Komilov („Tasavvuf“, 1- 2-kitoblar), Ibrohim Haqqulov („Tasav-vuf va sheʼriyat“) va boshqa mutaxassislarning kitoblari chop etildi. Navoiyning 20 jildli „Mukammal asarlar toʻplami“ nashr qilinishi barobarida, mutafakkir ijodini tamomila yangi mezonlar asosida oʻrganish boshlandi va oʻnlab risolalar yaratildi. 20-asr boshlarida yozilgan, maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan badiiyat namunalari tadqiq etildi, nohaq qurbon boʻlgan Abdulla Qodiriy (U. Normatov, „Qodiriy bogʻi“; mual-liflar jamoasi „Abdulla Qodiriyning badiiy olami“), Choʻlpon (O. Sharafiddinov, „Choʻlpon“, „Choʻlponni anglash“, D. Quronov, „Choʻlpon, hayoti va ijodiy merosi“), Fitrat, M. Behbudiy, A. Avloniy, Hamza, Usmon Nosir hayoti va ijodiga doir yirik asarlar dunyoga keldi. A.ning nazariy muammolarini oʻz ichiga qamragan 3 jildli „Adabiy turlar va janrlar“ kitobi, A. Hojiahmedovning „Sheʼriy sanʼatlar va mumtoz qofiya“, „Oʻzbek aruzi lugʻati“ risolalari chop etildi. S. Mirvaliyev yaratgan „Oʻzbek adiblari“ toʻplami esa 20-asr oʻzbek adabi-yotining yirik vakillari hayoti va ijodi xususida eng zarur maʼlumotlarni beradi. A. nafaqat oʻzbek, balki jahon este-tik ilmi yutuqlarini ham ijodiy oʻzlashtirish, bu borada oʻz soʻzini ay-tish yoʻlida izlanmoqda. Najmiddin Komilovning „Tafakkur karvonlari“, Ibrohim Gʻafurovning „Dil erkinligi“ singari kitoblari keyingi davr oʻzbek A.ning jiddiy yutuqlari hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotshunosligimiz saflarini Shuhrat Rizayev, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulugʻbek Abduvahob singari yosh, isteʼdodli olimlar toʻldirmoqda. Baxtiyor Nazarov, Rahmon Koʻchqorov. 

Adabiyot muzeyi (Toshkent)

Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent sh.) — madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa. 1940-yilda Alisher Na-voiy tavalludining 500 yilligi mu-nosabati bilan Respublika koʻrgazmasi 174tariqasida tashkil topgan. 1944 — 68 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabi-yot instituti boʻlimi, 1968 — 78 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi, 1978 — 91 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi H. S. Sulay-monov nomidagi Qoʻlyozmalar institutining muzey boʻlimi. 1991-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi. Muzey ekspozitsiyasi 40 xonaga joylashgan, 8 boʻlimdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 ming koʻrgazma bor (1997). Muzeyda oʻzbek adabiyotiga oid asarlar, qoʻlyozma va toshbosma kito-blar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik sanʼatiga doir koʻrgazmalar (yogʻochdan ishlangan panjara, A. Fayzul-layev, 1968), 10-asrga oid sopol buyumlar mavjud. Muzey koʻrgazmalari temuriylar davri ekspozitsiyasi bilan, oʻzbek adabiyoti tarixi ekspozitsiyalari esa Alisher Na-voiy ijodidan boshlangan: „Hamsa“ning qoʻlyozma, foto va koʻchirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid por-tretlar, haykallar, harita, kitob, har xil sovgʻa va albomlar, lagan, koʻzachalar bor. Buxorolik 14 qiz tomonidan Navo-iy, Farhod va Shirin, Layli va Majnun rasmlari zar bilan tiqilgan gilam (1968) muzeyga alohida koʻrk bagʻishlaydi. Jo-miy xonasiga shoir asarlarining turli davrda kuchirilgan nusxalari qoʻyilgan. Muzeyning boshqa xonadagi koʻrgazmalari orasida Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviylarning bir qancha qoʻlyozmalari bor. Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi koʻrgazmalar ichida „Bobur haykali“ (haykaltarosh A. Grish-chenko, 1968) va ipak bilan tiqilgan „Bobur portreta“ (chevar F. Saydaliyeva, 1974) alohida oʻrin tutadi. Muzeyda Zebunni-so, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna va boshqa sheʼrlaridan namunalar, qoʻlyozmalar va asarlariga ishlangan tasvirlar, na-moyonlar bor. Muzeyning hozirgi zamon ada-biyotiga bagʻishlangan xonalariga „20-asr oʻzbek adabiyoti“, „Istiqlol davri oʻzbek adabiyoti“ ekspozitsiyalari joylashti-rilgan. 200 dan ortiq oʻzbek shoir va yozuvchilari ijodiy yoʻlini yorituvchi koʻrgazmalar qoʻyilgan. 

Adabiyot nazariyasi

Adabiyot nazariyasi — adabiyotshunoslik fanining bir boʻlimi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yoʻllarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlarini oʻrganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy soʻz sanʼatining ijodiy tajri-balariga asoslanib, oʻzining barcha na-zariy xulosalarini yaxlit bir davr yoki davrlarning badiiy soʻz mahsuli hamda ayrim badiiy asarlarining tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni oʻrganishdan keltirib chiqaradi. Badiiy adabiyotni bevosita yaratuvchilarning adabiy ijod haqida aytgan fikrlari ham Adabiyot nazariyasi tomonidan eʼtiborga olinadi, ammo bu borada Adabiyot nazariyasi badiiy ijod tajribalari-da tasdiqlangan ijodiy haqiqatlarga 175murojaat qilib boradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotning boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli jihatlarini ham belgilab beradi. Sanʼat turi sifatida adabiyotning uziga xosligi uning soʻz vositasida ob-raz yaratishida koʻzga tashlanadi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi da badiiy, obrazli tasvir va ifoda masalalari ham oʻrganiladi.