WIKIPEDIYA

Qurolli kuchlar

Qurolli kuchlar


Harbiy unvonlar

Dunyodagi eng kuchli 10 ta davlat

Dunyodagi eng kuchli 10 ta davlat Armiyasi haqida

1.Amerika qo'shma shtatlari

Mudofaa byudjyeti: 601 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 1,4 mln kishi

Tanklar: 8848 

Samolyotlar: 13 892 

Suv osti kemalari: 72 

AQSh byudjyetdagi xarajatlarni kamaytirish harakatlariga qaramay, mudofaaga Credit Suisse indeksidagi boshqa to‘qqiz mamlakatdan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Amerika asosan 10ta aviatashuvchining borligi bilan ustun turadi. Taqqoslash uchun, ikkinchi o‘rinni Hindiston egallaydi – mamlakat o‘zining uchinchi aviatashuvchisini yaratish ustida ishlamoqda. Shuningdek AQShda boshqa davlatlarga qaraganda ko‘proq samolyotlar, harbiy dengiz flotidagi yangi tezkor zambarak kabi ilg‘or texnologiyalar bor. Yadro quroli haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. 

2.Rossiya

Mudofaa byudjyeti: 84,5 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 766 ming kishi

Tanklar: 15 398 

Samolyotlar: 3429 

Suv osti kemalari: 55 

Rossiya qurolli kuchlari dunyo bo‘ylab ikkinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakat jahondagi eng katta tanklar guruhiga ega bo‘lib, harbiy-havo kuchlari kattaligi bo‘yicha ikkinchi (AQShdan so‘ng) va suv osti floti hajmi bo‘yicha uchinchi (AQSh va Xitoydan keyin) o‘rindadir. 2008 yildan beri Kreml harbiy xarajatlari qariyb uchdan birga ko‘paydi. Mamlakat Suriyada harbiy guruh joylashtirib, o‘zining tezkorligini yanada yaqqol namoyish etdi. 

3.Xitoy

Mudofaa byudjyeti: 216 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 2,333 mln kishi

Tanklar: 9150 

Samolyotlar: 2860 

Suv osti kemalari: 67 

Xitoy armiyasi so‘nggi bir necha o‘n yil davomida hajm va imkoniyat bo‘yicha juda kattalashdi. U shaxsiy tarkib soni bo‘yicha dunyodagi eng yirik armiyadir. Davlat tanklar guruhi bo‘yicha (Rossiyadan so‘ng) hamda suv osti floti kattaligi bo‘yicha ikkinchi (AQShdan keyin) o‘rindadir. Xitoy harbiy modernizatsiya dasturida ajoyib muvaffaqiyatga erishdi, ayni damda esa bir qancha noyob harbiy texnologiyalarni ishlab chiqmoqda, ular orasida ballistik raketalar va beshinchi avloddagi samolyotlar bor. 

4.Hindiston

Mudofaa byudjyeti: 50 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 1,325 mln kishi

Tanklar: 6464 

Samolyotlar: 1905 

Suv osti kemalari: 15

Hindiston – dunyodagi eng katta harbiy davlatlardan biridir. U shaxsiy tarkib soni bo‘yicha faqatgina XXR hamda AQShdan ortda, tanklar va samolyotlar soni bo‘yicha esa AQSh, Xitoy va Rossiyadan tashqari barcha davlatlardan oldinda. Mamlakatda shuningdek yadro quroli ham bor. Kutilishicha, 2020 yilga kelib Hindiston mudofaa sohasiga sarf-xarajatlar ko‘pligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.  

5.Fransiya

Mudofaa byudjyeti: 62,3 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 202,7 ming kishi

Tanklar: 423 

Samolyotlar: 1264 

Suv osti kemalari: 10

Fransiya armiyasi u qadar katta emas, biroq juda yaxshi tayyorgarlik va tezkorlik bilan ajralib turadi. Yaqindagina Charles de Gaulle aviatashuvchisi qurolli kuchlar tarkibiga kelib qo‘shildi, bundan tashqari, Fransiya Afrikadagi ekstremizmga qarshi kurash va mahalliy hukumatlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan harbiy amaliyotlarda qatnashadi. 

6.Janubiy Koreya

Mudofaa byudjyeti: 62,3 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 624,4 ming kishi

Tanklar: 2381 

Samolyotlar: 1412 

Suv osti kemalari: 13 

Janubiy Koreya Shimoldan ehtimoliy tahdid tufayli katta va kuchli armiyani saqlashga majbur. Shuning uchun armiyada suv osti kemalari, vertolyotlar bor, shaxsiy tarkib soni esa ancha yuqori. Shuningdek Janubiy Koreya kuchli tanklar guruhi va dunyoda hajmi bo‘yicha oltinchi o‘rinda turuvchi HHKga ega.

7.Italiya 

Mudofaa byudjyeti: 34 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 320 ming kishi

Tanklar: 586 

Samolyotlar: 760 

Suv osti kemalari: 6 

Italiya armiyasi ro‘yxatda yuqori o‘rinlardan birini ikkita faol aviatashuvchining borligi orqali egalladi. Buning ustiga suv osti kemalari va jangovar vertolyotlarning ko‘pligi ham Italiya reytingini yanada oshirgan. 

8.Buyuk Britaniya

Mudofaa byudjyeti: 60,5 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 146,9 ming kishi

Tanklar: 407 

Samolyotlar: 936 

Suv osti kemalari: 10 

Buyuk Britaniya 2010-2018 yillarda qurolli kuchlar sonini 20 foizga qisqartirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, kuchi butun dunyoda ular bilan hisoblashishlariga qodir. Qirollik floti HMS Queen Elizabeth aviatashuvchisini 2020 yilda o‘z tarkibiga olishni maqsad qilgan. Uning uchish palubasining maydoni 18 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, bortda 40ta F-35B qiruvchilari joylashishi mumkin.

9.Turkiya

Mudofaa byudjyeti: 60,5 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 146,9 ming kishi

Tanklar: 407 

Samolyotlar: 936 

Suv osti kemalari: 10 

Buyuk Britaniya 2010-2018 yillarda qurolli kuchlar sonini 20 foizga qisqartirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, kuchi butun dunyoda ular bilan hisoblashishlariga qodir. Qirollik floti HMS Queen Elizabeth aviatashuvchisini 2020 yilda o‘z tarkibiga olishni maqsad qilgan. Uning uchish palubasining maydoni 18 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, bortda 40ta F-35B qiruvchilari joylashishi mumkin 

10.Yaponiya

Mudofaa byudjyeti: 41,6 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 247,1 ming kishi

Tanklar: 678 

Samolyotlar: 1613 

Suv osti kemalari: 16 

Umuman olganda yapon armiyasi u qadar katta emas. Biroq undagi qurollar juda ham zamonaviydir. Yaponiya suv osti floti kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Davlatda shuningdek, to‘rtta aviatashuvchi ham bor, ular faqatgina vertolyotlar bilan jihozlangan. Yaponiya jangovor vertolyotlar soni bo‘yicha faqatgina Xitoy, Rossiya va AQShdan ortda.