LIBRARY-WIKIPEDIYA

Davlatlar ro'yxati

Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga koʻra, 240 dan ortiq mamlakat boʻlib, jumladan jahon hamjamiyati tomonidan mustaqilligi rasman tan olingan 195 ta suveren davlat mavjud. Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida aʼzo davlatlar sifatida, 2 tasi (Vatikan, Falastin[1])esa kuzatuvchi-davlat boʻlib ishtirok etmoqda.

Jahonning hozirgi siyosiy xaritasi turli tarixiy jarayonlar taʼsirida shakllangan. Ayniqsa, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari, mustamlaka tizimining yemirilishi, sotsialistik tuzumning barham topishi kabi jarayonlar alohida eʼtiborga loyiqdir. Ushbu tarixiy voqealar taʼsirida XX va XXI asrlar mobaynida dunyoda mustaqil davlatlar soni muttasil oʻsib keldi.

Hozirda dunyoning koʻp joylarida aholisi oʻz mustaqil davlatchiligini tan olish uchun kurashayotgan mintaqalar mavjud boʻlib kelmoqda.