LIBRARY-WIKIPEDIYA

Samarqand

Samarqand Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qoʻngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yoʻli) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni -120 km². Aholisi-1mln 50 ming kishi (2020). 2022-yilning 15-16-sentabr kunlari ShHTga aʼzo davlat rahbarlarining tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻlgan Samarqand sammiti boʻlib oʻtgan.

Nomlanish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi , Haydar as-Samarqandiy (XII asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.

„Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha taxmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar, ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.

XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.[1]. 1404-yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qoʻllab quvvatlaydi[2].

Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iskandar oʻz doʻsti Klitni Samarqandda oʻldirishi

Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700-yildan ortiq tarixga ega.

Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).

Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor koʻchmanchi qabilalar sardorlari tomonidan oʻldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan.

Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil

Samarqand 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo qilgan. Oʻz davrida „10 Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shimoliy sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va janubiy gʻarbda, Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shimoliy Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.

Arab xalifaligi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712-yilda Samarqandni egallagan. Isyon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaho buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. 776—83-yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida isyon koʻtarilgan (qarang Muqanna isyoni).

Somoniylar va Qoraxoniylar davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arablarga qarshi koʻtarilgan isyonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari IX asr 20 yillaridan Movarounnahr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, masalan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Oʻsha vaqtdan Samarqand — Somoniylar davlatining poytaxti boʻldi. 887-yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari Samarqandda zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga koʻchirilgandan (889) soʻng ham Samarqand Movarounnahrning eng katta hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlib qoldi. XI asrdan Samarqand Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Qoraxoniylar davrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Samarqand ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Qoraxoniylar tomonidan asos solingan Shohi Zinda majmuasi

Shu davrda Samarqandda Ibrohim tamgachxon madrasasi va kasalxonasi bunyod etilgan.[3]

XI asrda Samarqandda Shohi Zinda maqbarasi barpo etildi.[4] Keyinchalik xuddi shu yerga 1066-yili Tamgʻach Boʻgʻraxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshoatlarining gʻarb tamonidagi yoʻlakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. Oʻsha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi „muqqadas“ hisoblanib ziyorat qilingan.

Qoraxoniylar hukmronligi davrida Umar Xayyom Samarqandga Nishopurdan Shamsalmulk saroyiga taklif qilingan. Umar Xayyom Balx va Buxoro madrasalari bilan bir qatorda Samarqand madrasalaridan birida ham tahsil olgan. Samarqandda u algebra boʻyicha asosiy asarni yozgan.

Qoraxoniylar davrida Samarqandda Oʻrta Osiyoning taniqli mutafakkiri, olimi, faylasufi, islom huquqshunosi Burhoniddin Margʻinoniy (1123-1197) yashagan.

Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng koʻzga koʻringan yodgorligi — XII asrda qoʻrgʻonda qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq chapon kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan. Bu erda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga oʻxshash ayollar ham tasvirlangan.[3].

Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibt\nt „Qutadgʻu bilig“, Mahmud Qoshgʻariynit „Devonu lugʻotit turk“ kabi asarlari shu davrda yaratilgan.

XI asrda Samarqandni Saljuqiylar bosib olgan. XII asrdan Qoraxitoylarga tobe boʻlgan. 1210-yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212-yil samarqandliklar Xorazmshohga qarshi isyon koʻtargan.

Moʻgʻullar hukmronligi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1220-yil Chingizxon qoʻshinlari Samarqandga bostirib kirib, shaharga oʻt qoʻygan va aholining koʻp qismini qirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan soʻng Samarqand qayta tiklana boshlagan. XIII asr 2-yarmida Samarqandga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo „Sonmarkon kapa va mashhur shahar“ deb yozgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Samarqand Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan.

Amir Temur va Temuriylar davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur Samarqandda

Amir Temur maqbarasi, Samarqand

Amir Temur jome masjidi

Mirzo Ulugʻbek madrasasi, Samarqand.

XIV asr oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalq harakatlari boʻlib oʻtdi. Sarbadorlar isyoni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. XIV asr oxiri va XV asrda Samarqand iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining meʼmor va binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan, Shohi Zinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.

Bu davrda Samarqand koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan. Samarqandda koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V. V. Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, Samarqand jahonning birinchi shahri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405) dan soʻng Samarqand taxtini Ulugʻbek egalladi. Ulugʻbek davrida Samarqandda bunyodkorlik avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. U Oʻrta Osiyo xalqiari ilm-fani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining muayyan pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng katta ishi — Samarqand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng kattalari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrta osiyolik mashhur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. XV asr oxirida Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497).

Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida (XVI-XVIII asrlar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

1500-yil Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. XVI asr oʻrtalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti boʻlib turdi. Oʻsha vaqtdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro amirligi tarkibida edi.

Shayboniyxon, Behzod miniaturasi, 1507-yil

Shayboniylar dahmasi, Registon maydoni, Samarqand, XVI asr

Shayboniylar daxmasi — Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-asr). Shayboniyxon 1510 y. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Mahdiy sulton, Hamza Sulton (1511-yil oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511-yilv.e.), Qutlugʻ Muhammad Sulton (1545-yilv.e.), Abulxayr Sulton (1511-yil udsirilgan), Yodgor Sultonim (1526-yilv.e.), Shaxribonu xonim (1535-yilv.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yilv.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586-yilv.e.) lar dafn etilgan.

Tillakori madrasasi, Samarqand

Ashtarxoniy Imomqulixon davrida (1611-1642) Samarqandda mashhur meʼmorchilik durdonalari qurilgan. Shuningdek, ushbu davrda Samarqandning hozirgi kunda saqlanib kelayotgan yodgorliklaridan Abdi Berun ansambli barpo etildi.

Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (164146). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab „Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi“ deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun „tillakori“ (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.

Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir Sherdor madrasasini (161936) qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan.

Samarqandga oʻzbek adabiyotining shoiri va mutafakkiri, naqshbandiylar tariqati vakili Boborahim Mashrab (1657-1711) ham tashrif buyurgan.

1723—30 yillarda qozoklar bosqini davrida katta talofat koʻrdi. 1740—47-ylarda Nodirshohga tobe boʻldi. XVII asrning 1-yarmida olchin urugʻidan chiqqan oʻzbek harbiy zamindorlarining katta vakili Yalangtoʻsh Bahodir Samarqand hokimi boʻlgan. 1758—1868 ylarda esa Samarqand Buxoro amirligiga itoat qilgan.

Buxoro amirligi davrida (1756-1868)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chorsu savdo majmuasi. Samarqand. 1785-yil

Hazrat Hizr masjidi. Samarqand. 1854-yil

Amir Shohmurod (1785—1800) davrida Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan.

1841—42 yillarda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N. V. Xanikovning yozishicha, oʻsha vaqtda Samarqand baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km²ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan. Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.

Rossiya imperiaysi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1868-yil 1-mayda Samarqand yaqinidagi Choʻponota tepaligida rus podshohi qoʻshinlari bilan samarqandliklar oʻrtasida qattiq jang boʻldi. Samarqand aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat, ruslar katta talofatlar berib shaharni 2-mayda egalladilar. Keyinchalik Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. Soʻngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi togʻli rayonlar ham qoʻshildi. 1886-yil Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Samarqand uning maʼmuriy va savdo markaziga aylandi. Oʻsha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar kurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad koʻtardi.

Samarqand yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871-yilda boshlandi. Oʻsha vaqtda okrug gubernatori general Abramovning buyrugʻiga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara qilinib va sotib olinib, ofitserlar hamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va, mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga boʻlib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga „Soldatskaya slobodka“ deb ataluvchi shimoli-gʻarbiy buluk ajratilgan. Oʻsha davrda Eski va Yangi shahar oʻrtasida xiyobon va bogʻ barpo etildi, harbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofitserlar majlis oʻtkazadigan bino quriddi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Sda bir nechta kayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo zavodlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni kayta ishlash zavodida bir qancha presslash, 2 ta yoʻnuvchi, 2 ta vint kesish stanogi boʻlib, choʻyan buyumlar, zanjir, oʻroq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chikarilgan.

XX asr boshiga kelib Samarqanddagi korxonalar, temir yoʻl ustaxonalarida ishchilar soni koʻpaydi. 1917-yil 5-dekabrda Samarqandda hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil 11-aprelda Samarqandda shoʻrolarning viloyat sʼyezdi boʻlib, sʼyezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi eʼlon qilindi. 1925—30 yillarda Samarqand Oʻzbekiston poytaxti boʻlib turdi. 1991-yil Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Samarqand respublikaning katta madaniy markaziga aylandi.

Samarqandni oʻrganilishi va tadqiqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqandni arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari XIX asr oxirlarida boshlangan edi. 1895-yilda sharqshunos olim V. V. Bartoldning tashabbusi bilan tuzilgan „Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi“ aʼzolari Samarqanddagi Afrosiyobni koʻp asrlar xazinasi deb qarab, unda keng koʻlamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. Vasiliy Vyatkin, N. I. Veselovskilar oʻtkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qadimiy buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908-yilda V. L. Vyatkin Samarqand chekkasida joylashgan Ulugʻbek rasadxonasining oʻrnini aniqladi va qazish ishlarini oʻtkazdi. Natijada rasadxona harobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. Oʻsha davrdan boshlab Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini oʻrganishda dastlabki qadamlar qoʻyildi. 1912—13, 1929—30 yillarda V. L. Vyatkin, 1912-yil M.Ye. Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A. I. Terenojkin 1945—48 yillarda S 2500-yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi.

1950-yillardan boshlab Afrosiyobda muntazam arxeologik qazishmalar oʻtkazish, ayniqsa, 1958-yildan V. A. Shishkin rahbarligida, 1966-yildan boshlab esa Ya. Gʻ.Gʻulomov boshchiligida faollashdi. Afrosiyobni oʻrganish ishlari koʻlamini kengaytirish maqsadida, 1966-yilda doimiy harakatdagi Afrosiyob kompleks arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etildi. 1970-yilda Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining mustaqil Arxeologiya instituti tashkil etilishi Samarqanddagi arxeologik qazishmalarni yanada keng koʻlamda olib borishga imkoniyat yaratdi. Arxeologik qazishmalar natijasida Samarqandning yoshi aniqlandi va 1970-yilda shaharning 2500-yillik yubileyi keng nishonlandi. 1971—77 yillarda Sh. Toshxoʻjayev, 1978—85 yillarda G. V. Shishkina qazishma ishlarini olib bordilar. Mustaqillik yillarida arxeologik qazish va ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida fransiyalik akademik, sharqshunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene, oʻzbek arxeolog olimlari prof. M. Isomiddinov, A.Anorboyev va tadqiqotchi A. Otaxoʻjayevlar bilan hamkorlikda ishladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni oʻrganish jarayonida yer sathidan 10-15 metr chuqurlikda miloddan avval IX—VII-asr oʻrtalariga oid ashyolar topildi. Bular qoʻlda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari va shuningdek, guvaladan tiklangan 7 metr qalinlikdagi mudofaa devori qoldiklaridir. Afrosiyobning 19 gektarlik ark qismi devor bilan butunlay oʻrab olingan. Afrosiyobning boshqa joylari ham tekshirib koʻrilganda quyi qatlamlaridan shunga oʻxshash va miloddan avval IX—VII-asrlarga oid ashyolar topildi.

Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida oʻrganilib, ular miloddan avval VII-asrga, aniqrogʻi 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi.

Samarqand bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi ishlab chiqarish, kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki boʻldi. Samarqandda qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahallaguzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas. „Soʻzangaron“ (igna tayyorlovchilar), „Kamongaron“ (oʻqyoy yasovchilar) va boshqa nomlar hozirgi kungacha yetib kelgan.

Samarqand — aholisining soni va sanoatining koʻlami boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinlardan birida. 1930-yil larda pillakashlik va shoyi toʻqish fabikalari, meva konserva zavodi, choy qadoqlash fabrikasi qurildi. 1940—70-yillarda Samarqandda „Krasniy dvigatel“, „Kinap“, tamakifermentatsiya zavodlari, yigiruv fabrikasi, superfosfat zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabikalari, uysozlik kombinati, chinni zavodi va boshqa korxonalar qurib ishga tushirildi.

Shoʻrolar davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoʻro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham koʻchib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa oʻz holicha tashlab qoʻyildi, koʻp meʼmoriy yodgorliklar qarovsiz qolib, haroba holiga kelib qoldi.

Poytaxtga aylanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1925-yil 17-fevralda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek Sovetlarining birinchi taʼsis qurultoyida „O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risida Deklaratsiya“ qabul qilingan. Respublikaning birinchi poytaxti etib Buxoro shahri tanlangan[5].

2012-yilda „O‘zbekiston“ nashriyoti tomonidan chop etilgan „O‘zbekiston tarixining muhim sanalari“ nomli kitobdagi maʼlumotlarga koʻra, 1925-yil aprel oyida mamlakat poytaxti Buxoro shahridan Samarqand shahriga ko‘chirilgan. 1930-yilda esa poytaxt Toshkent shahriga koʻchiriladi va 1991-yil 31-avgustga qadar O‘zSSRning, undan soʻng esa O‘zbekiston Respublikasining bosh shahri bo‘lib kelmoqda[5].

Samarqand mustaqil Oʻzbekiston davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanoat va ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik yillarida Samarqandda sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular „SamKochAvto“ (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), „Alpomish“ (traktorlar, gilzaporshenlar), „Tajribamexanika“ (parmalash uskunalari), „Kinap“ (kinoapparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbobuskunalari zavodlari, uyroʻzgʻor sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos oʻgʻitlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat zavodi, liftsozlik, marmar taxtalar, gʻisht, asfaltbeton zavodlaridir.

Shahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal fabikalari, chinni zavodi faoliyat koʻrsatadi. Oziqovqat sanoatida: universitetegirmon, makaron, choy qadoqdash, sutmoy, mevakonserva, vino, pivo, spirtaraq va alkogolem ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud.

Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qoʻshma korxonalarning asosiy qismi S.da joylashgan. Bular: Oʻzbekiston—Turkiya „SamKochAvto“, Oʻzbekistan—Amerika—Angliya „UzBAT“, Oʻzbekiston—Chexiya „Praga“ (mineral suv qadoklash), Oʻzbekiston—Latviya „Bravosut“ qoʻshma korxonalari va boshqa Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmoqda. Shaharda minglab kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor. Samarqandda 25 dan ziyod yoʻnalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. 2003-yil 30-dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.

Turizm va tadqiqotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982-yilda Samarqandning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va XIX—XX-asrlarda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi“ tuzildi. Oʻsha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.

Bulvar Samarqand

Samarqand meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari 2001-yilda UNESCOning Finlandiyada oʻtkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.

Samarqandda 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohizinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan S.da Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand shahridagi Chokardiza kabristoniga dafn etilgan). S.ning markaziy maydoniga Amir Temur haykali oʻrnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi oʻzining goʻzalligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. S.ga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat koʻrsatuvchi: „Afrosiyob“, „Samarqand“, „Zarafshon“, „Bogishamol“, „Markaziy“, „Prezident otel“ kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasining Samarqand boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadilar.

2022-yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqandda SHHTga aʼzo davlat rahbarlarining 22-yigʻilishi boʻladi.

Samarqandda 7 ta oliy taʼlim muassasasi bor[6]. Samarqanddagi oliy taʼlim maskanlari (unt, tibbiyot[7], qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot va servis, meʼmorlik, qurilish va xorijiy tillar institutlari)da 19,1 ming talaba oʻqiydi. 2002-2003 taʼlim yilida shahardagi 36 ta oʻrta maxsus bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy taʼlim maktabida 76,7 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.

2021-yil 8-13-aprel kunlari Finlandiya delegasiyasining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtgan. Tashrif davomida Oʻzbekiston-Finlandiya taʼlim transformasiyasi boʻyicha onlayn uchrashuv boʻlib oʻtgan. Unga koʻra, Samarqand davlat universiteti va Finlandiyaning Turku universiteti oʻrtasida memorandum imzolangan va Samarqand davlat universiteti qoshida oʻzbek-fin pedagogika instituti tashkil etilishi aytilgan. 2025-yilga qadar Finlandiya bilan hamkorlikda tuziladigan taʼlim loyihalariga jalb etiladigan talabalar soni 10 000 nafarga yetkazilishi moʻljallangan.[8]

Shahar respublikaning asosiy fan markazlaridan biri. Samarqandda pedagogika akademiyasi asosida tashkil topgan SamDU katta mavqega ega. Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi parazitologiya va gelmintologiya (1925), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimi turli yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Samarqandda 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musikali drama teatri, A. P. Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. „Samarqand“ gaz. chiqadi. Shaharda 1566 oʻrinli 11 kasalxona, 348 statsionarda 1561 malakali vrachlar xizmat koʻrsatadilar. Choʻponota tepaligi yonida dam olish uyi, Markaziy, Soʻgʻdiyona madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar „Afsona“ akvaparki, koʻplab stadion, tennis kortlari, „Delfin“ suzish majmui bor.

Samarqand zaminida mashhur donishmandlar, allomalar voyaga yetgan, jumladan, Ulugʻbek S.da munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun bir ilmiy maskan — Ulugʻbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ulugʻbek akademiyasida amalga oshirilgan ishlar jahon fan olamida tan olindi.

XVI-XVII-asrlarda Samarqandda Miram Chalabiy, Mullo Abdulali Nazmuddin ibn Muhammad ibn Husayn Birichandiy, Amir Akbar Samarqandiy, Doʻstiy Samarqandiy, Koshifiy Samarqandiy, Mir Jaloliddin Xorazmiy, Mavlono Abdulxayr Samarqandiy va hokazo koʻplab fan va madaniyatning mashhur namoyandalari ijod etganlar.

Samarqand shahrida hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalining Samarqandda oʻtkazilishi muhim ahamiyatga egadir.

Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos oʻrni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qoʻshgan buyuk hissasining eʼtirofi sifatida Samarqand „Amir Temur“ ordeni bilan mukofotlandi (1996-yil 28-avgust). Ordenni 1996-yil 18-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov topshirdi.

Manbalar va ad.: Samarqand tarixi, T., 1—2 j., 1971; Samarqand (prof. Z. M. Akramov tahriri ostida), T., 1961; Samarqand shahri toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar, S, 2002; Umnyakov I. I., Aleskerov Yu. N., Samarqand (spravochnikyoʻlkoʻrsatkich), T., 1968; Pugachenkova G. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Zohidov P., Samarqand meʼmorlik maktabi (XIX-XX asr boshlari), T., 1965; Bartold V. V., Istoriya Samarqanda pri Timuridax. Soch., tom 6, M, 1966; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Oʻzbekistana, T., 1959; Yakubovskiy A. Yu., Iz istorii arxeologicheskogo izucheniya Samarqanda, Samarqand, 1927; Shishkin V. A. Kalai Afrasiyab, sb. „Afrasiyab“, vip. № 1, T., 1969; Shishkin V. A., Afrasiyab — sokrovishnitsa drevney kulturi, T., 1966.[9]

Samarqand shahri (Toshkentdan 354 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VII asrda tashkil topgan. U oʻzining deyarli 3 ming yillik tarixiy yodgorliklariga ega va Temuriylar sulolasi boshqaruvi davriga tegishli arxitektura yodgorliklari qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya va Rimdagi arxitektura durdonalari singari katta ahamiyatga egadir.

Tarixiy obidalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura yodgorliklarini tiklash va taʼmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Temuriylar sulolasi yaratgan arxitektura yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi.

Mustaqillik yillarida qaytadan barpo etilgan al Buxoriy, Motrudiy va boshqa tarixiy majmualar tahsinga sazovordir. Samarqand qadimiy Rim bilan tengdoshdir. Uning tarixiy madaniyatining quyi qatlamlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. U qadimgi va hozirgi jumboqli Sugʻd davlatining poytaxti Maroqand shahri qoldiqlari bilan tillashadi. Samarqand shahridagi Afrosiyob juda koʻp qonli voqealarni boshidan kechirgan.

XIII asr boshlarida moʻgʻul bosqinchilari Oʻrta Osiyoning tinch hayotiga tajovuz soldi, ular juda koʻplab shaharlarni, sanʼat yodgorliklari va madaniy boyliklarini vayron etdilar. Chingizxon qoʻshinlari tomonidan Afrosiyob yer yuzidan yoʻq qilindi. Uylar va saroylar yondirildi, necha asrlab suv berib turgan suv quvurlari barbod etildi, gullab-yashnab turgan bogʻlar kultepalarga aylantirildi. Biroq shahar oʻlmadi, aksincha, XIV-XV asrga kelib yanada gullab-yashnadi. Bu kunlar buyuk sarkarda Amir Temurning Samarqand shahrini oʻz saltanatining markaziga aylantirishga qaror qilgan davrlarga toʻgʻri keldi. Amir Temur saroyida boʻlgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻz bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi:

"Temur bu shaharning gullab-yashnashini xohlardi, u qaysi yurtni egallamasin, u yerdan odamlarni bu yerga yashashi uchun olib kelar, ayniqsa turli yoʻnalishlardagi ustalarni yigʻishga harakat qilardi".

Temur oʻz yurti poytaxtini dunyodagi eng katta va koʻrkam shaharlar qatoriga qoʻshishni istardi. Shu boisdan Samarqand shahri atrofidagi qishloqlar Bagʻdod, Damashq, Qohira kabi buyuk shaharlar nomini oldiki, Temur oʻz poytaxti oldida bu shaharlar bir qishloqchalik boʻlishini istardi. Samarqand shahrini 13 ta katta bogʻ yashtanib turardi, ularning eng kattasi shu darajada keng ediki, tarixning shohidlik berishicha, bir kuni shu bogʻda adashib qolgan otni bir oy izlashgan ekan.

Afrosiyob Samarqand shahrining qadimiy qoldiqlari, uzoq asrlar davomida 10-15 metr chuqurlikda koʻmilib ketgan arxeologik qazilmalari bilan mashhur, qadimiy aholisi VI-VIII asrlarda hozirgi Samarqand shahri yaqinidagi tepaliklarda, taxminan 2 kv km maydonda yashagan. Samarqand shahri yodgorliklari oʻzining buyukligi bilan odamlarni qoyil qoldirgan. Uning binolari devorlaridagi zangori naqshlari, arxitektura shakllari, turli koʻrinishlardagi geometrik shakllari bilan kishini hayratga soladi. Bular Registon, Shohi Zinda, Goʻri Amir maqbaralari ansambllaridir.

Samarqand atrofidagi Afrosiyob tepaliklari boʻylab Shohi Zinda meʼmorchilik ansamblining 11 ta maqbaralari joylashgan. Bu koʻchalarni qurishni hech kim rejalashtirmagan, ular oʻz-oʻzidan yuz yillar davomida barpo etilgan. Shohi Zinda soʻzi „Tirik shoh“ maʼnosini anglatib, uning madaniyati bu yurtlarga islom kirib kelgunicha gullab-yashnagan. Afrosiyob gullab-yashnagan davrlarda uning shuhrati shu darajada yuqori ediki, oʻsha davrdagi islom peshvolari u bilan kurashishga hayiqishgan.

Uning shuhrati toʻgʻrisida afsonalar yaratilgan, ulardan biri Muhammad Qosim ibn Abbos paygʻambarning amakivachchasi ekanligi haqidagi afsonadir. „Bibixonim“ nomidagi goʻzal masjid eski shaharga kirish darvozasi oldidagi maydonda joylashgan. U toʻrtta inshootdan iborat boʻlib, bular kirish galeriyasi, asosiy maschid va ikkita kichik maschidlar, ular bir-biri bilan aylanma gumbazli va uch qatorli tosh devorlar orqali bogʻlangan.

Aytishlaricha, Amir Temurning uzoq mamlakatlarga qilgan safarlaridan birida uning eng suyukli xotini Saroymulkxonim, xalq ichida uni Bibixonim deb ham ataydilar, mamlakatdagi eng mashhur bashoratchilarni yigʻib, yulduzlar bashorat qilgan vaqtda ushbu maschidni qurishni boshlagan ekan. Bibixonimning chiroyiga oshiq boʻlib qolgan va sevgi yoʻlida devona boʻlib oʻz jonini fido qilgan yosh meʼmor maschidni qurilishi tugash arafasida ishni paysalga sola boshlagan, chunki maschid qurulishining tugashi uning uchun Bibixonim ruhsoridan ayrilishi edi. Ana shunday kunlarning birida shaharga Amur Temurning chopari keladi va uning shaharga qaytayotgani haqidagi habarni aytadi. Bibixonim machit qurilishini tezroq tugatishni talab qiladi. Meʼmor qurulishni tezroq tugatish uchun bitta shart qoʻyadi, u ham boʻlsa Bibixonimning bitta boʻsasi edi.

Nima qilish kerak? Bibixonim rozi boʻlishdan boshqa chora topmaydi. U yuziga yostiq qoʻyib, yostiq ustidan boʻsaga rozi boʻladi. Lekin yosh meʼmorning boʻsasi shu darajada kuchli va issiq ediki, u yostiq ustidan ham oʻtib sohibjamolning yuzida iz qoldiradi. Amir Temur shaharga kirib kelib maschidni zavq bilan tomosha qiladi. U xotini bilan koʻrishayotganda uning yuzidan harir pardani oladi va uning yuzidagi izni koʻradi. Bundan tutoqib ketgan Amir Temur gunohkorni topishni soʻraydi. Hamma yosh meʼmorni qidirishga tushadi, lekin u oʻzini mudhish jazo, oʻlim kutayotganligini bilib, minoraning eng baland nuqtasiga chiqadi va oldindan tayyorlab qoʻyilgan qanotlarni taqib, Mashharga uchib ketadi… Samarqand maqbaralari ichida eng mashhuri Goʻri Amirdir.

Bu maqbara Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sultonga atalgan edi, lekin hozirgi kunda bu yerga Amir Temur, uning oʻgʻillari va boshqa nabiralari, oʻrta asrlarning ulugʻ olimi Ulugʻbek dafn etilgan, bu maqbara temuriylar maqbarasiga aylangan. Eski Samarqandning markazi Registon sanaladi. Bu yerga shaharning hamma tomonidan koʻchalar keladi. Eski davrlarda maydondan katta kanal oʻtgan va u juda koʻp qum uyumlarini oqizib kelgan. Shu sababli bu maydon Registon nomini olganki, maʼnosi „qumli joy“ yoki „qumli maydon“ maʼnosini anglatadi. Registon XV asrgacha katta savdo markazi boʻlgan.

Ulugʻbek Samarqandni boshqargan 1409-1447-yillarda maydon harbiy koʻriklar, qoʻshinlarni koʻrikdan oʻtkazish, farmonlar oʻqib eshittiriladigan joyga aylangan. Hozirgi kunda Registon maydonini uchta madrasa: Sherdor, Tillakori (XVII asrda qurilgan) va Ulugʻbek (XV asrda qurilgan) madrasalari bezab turibdi. Ulugʻbek madrasasi olimning koʻrsatmasi bilan 1420-yilda qurilishi boshlangan. Toʻrt burchakli va toʻrt minorali bu madrasaning ichida toʻrtburchak hovlisi bor va hovliga qaratib toʻrt tomondan hujralar qurilgan. Ulugʻbek madrasasi oʻzining boy meʼmoriy terma naqshlari, geometrik tuzilishi va osmon aks etib turgan maydoni bilan fan va madaniyatning buyuk asari sifatida saqlanmoqda.

Ulugʻbek zamonida Samarqand Oʻrta Osiyoning bilim oʻchogʻiga aylandi. Oʻsha davrlarda bu yerga dunyoning eng taniqli matematiklari, astronomlari, tarixchi olimlari yigʻilishgan. Ulugʻbek zamonasida tanlab jalb qilingan olimu-fuzalolar, uning observatoriyasida xizmat qilgan olimlar fanning ajoyib siru-asrorlaridan voqif boʻldilar. Butun jahonning savdogarlari, shoiru-ulamolari va olimlari „Jahonning qimmatli durdonasi“ atalmish Samarqandga intilganlar. Samarqandning koʻp asrlik tarixi Rudakiy, Bobur, Jomiy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Muqimiy, Furqat, Qozizoda Rumiy kabi fan va sanʼatning ulugʻ mutafakkirlari bilan chambarchas bogʻliqdir.

Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega. Afrasiyobning shimoliy sharqidagi tepaliklarda Amir Temurning nabirasi Ulugʻbekning osmon jismlari va yulduzlarini oʻrganish boʻyicha qurgan rasadxonasining bir qismi saqlanib qolgan. Rasadxona binosi 1449-yilda buzib tashlangan, hozirgi kunda tashrif buyuruvchilar rasadxonaning yer osti qisminigina koʻrishlari mumkin. Samarqandda tarixiy obidalardan tashqari koʻpgina dam olish maskanlari ham mavjud. Taxtaqorachi dovoni yaqinidagi Omonqutan maskanida hozirgacha Samarqand shahri toʻgʻrisidagi qiziq-qiziq afsonalarni eshitish mumkin. Bundan tashqari ushbu viloytda neandertallar lageri qoldiqlari topilgan.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand shahrining umumiy maydoni — 120 km². Shahar hududi Samarqand tumani bilan oʻralgan. Samarqand ushbu tuman hududiga kirmaydi va viloyatga boʻysunuvchi shahar va Samarqand viloyati maʼmuriy markazi maqomiga ega.

Hozirgi payta Samarqand shahri ichki maʼmuriy-hududiy boʻlinuvga ega emas (mahallalarni hisobga olmaganda). Shahar hududini maʼmuriy tumanlarga boʻlish, ilk bor 1939-yilda amalga oshirilgan edi. Oʻsha yilning 10-fevral kuni Samarqand shahri hududi uch maʼmuriy tumanga: Bogʻi-Shamol (ruscha: Баги-Шамальский), Jeleznodorojniy (ruscha: Железнодорожный) va Siyob (ruscha: Сиабский) tumanlariga boʻlindi. Bogʻi-Shamol tumani shaharning markaziy qismini, Jeleznodorojniy tumani shaharning gʻarbiy qismini, Siyob tumani esa shaharning sharqiy qismini, Samarqandning tarixiy markazini egallar edi. 1950-yillarda ushbu tumanlar bekor qilindi. 1976-yilda ushbu tumanlar qaytadan tashkil etildi. Qayta tashkil etilgan tumanlarning faqat bittasining nomi oʻzgartirildi: Bogʻi-Shamol tumani — Bogʻishamol tumaniga. 1990-yillarda Jeleznodorojniy tumanining nomi Temiryoʻl tumaniga oʻzgartirildi. 2003-yilning oxirida Samarqand shahrining barcha uch tumani bekor qilishi haqida qaror qabul qilindi va 2004-yilning 1-yanvarida ushbu tumanlar bekor qilindi[10].

1870 yilda Samarqandda faqat 10 ming mahalliy aholi yashagan.

2015-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Samarqand shahri aholisining umumiy soni 504400 kishini tashkil etadi[11]. 1975-yil 299000, 1970-yil 267000, 1959-yil 196000, 1939-yil 136000, 1897-yil 55000, 1865-yil 26000.

Samarqand shahri aholisining asosiy qismini oʻzbeklar, tojiklar va eronilar(Marv shahri va vohasining qadimgi, forszabon, shia aholisi, XVIII asr oxirlarida bu hududga ommaviy ravishda deportatsiya qilingan) tashkil etadi. Baʼzi manbalarda shaharning koʻpchilik qismini tojiklar tashkil qilishi[12][13], ularning miqdori 70% ga yetishi qayd etilgan[14].

Shaharda hamda ruslar, armanlar, tatarlar, koreyslar, ozarbayjonlar, ukrainlar, yahudiylar, polyaklar bor. Ular shaharning markazi va gʻarbiy mahallalarida yashaydi. Bu xalqlar Samarqandga XIX asr oxiridan, ayniqsa sovetlar davrida koʻchib kelgan. Samarqandning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismida arablar yashaydi, ular asosan oʻzbek tilida soʻzlashadi; keksa avlod vakillarining faqat kichik bir qismi arab tilida gaplashadi. Sharqiy Samarqandda bir paytlar Markaziy Osiyo yahudiylarining katta mahallasi boʻlgan, ammo 1970-yillardan boshlab yuz minglab yahudiylar Oʻzbekistonni tark etib, Isroil, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yevropaga ketishgan. Bugun Samarqandda bir necha yahudiy oilasi qolgan. Samarqandning sharqiy qismida oʻrta osiyolik „loʻlilar“[15] (loʻli, joʻgi, parya va boshqa guruhlar) yashaydigan bir qancha mahallalar mavjud. Bu xalqlar Samarqandga bir necha asrlar avval hozirgi Hindiston va Pokiston hududidan kela boshlagan. Ular, asosan, tojik tilining shevasida, shuningdek, oʻz tillarida gaplashadilar.

Oʻzbekistonda davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbek tili turkiy tillardan biri boʻlib, Samarqandda yashovchi oʻzbeklar, turkmanlar, samarqandlik eronilar va aksariyat samarqandlik arablarning ona tilidir. Samarqandda rus tili amalda ikkinchi rasmiy til boʻlib, Samarqand shahridagi belgi va yozuvlarning 5 foizga yaqini shu tilda. Samarqandda ruslar, belaruslar, polyaklar, nemislar, koreyslar, ukrainlarning aksariyati, armanlar, greklar, tatarlar, ozarbayjonlarning bir qismi rus tilida gaplashadi. Samarqandda bir qancha rus tilida gazetalar chiqadi, ulardan eng mashhuri „Samarkandskiy vestnik“ (ruscha: Samarkandskiy vestnik). Samarqandning STV telekanali baʼzi koʻrsatuvlarni rus tilida olib boradi.

Tojik tili Samarqandda ikkinchi eng keng tarqalgan til boʻlishiga qaramay, u rasmiy yoki mintaqaviy til maqomiga ega emas[16][13][17][18]. Shunga qaramay, Samarqand davlat universitetida oʻnta fakultetda tojik tili kurslari mavjud va tojik tili va adabiyoti boʻlimida 170 dan ortiq talaba tahsil oladi[19]. Samarqandda faqat bitta gazeta tojik tilida, kirill tojik alifbosida chiqadi: Ovozi Samarqand.

Samarqandning mahalliy STV va „Samarqand“ telekanallari bir viloyat radiosi kabi tojik tilida ham koʻrsatuvlarni taqdim etadi. 2022-yilda Samarqandda tojik tilida har chorakda bir marta chiqadigan „Durdonai Sharq“ adabiy jurnali nashr etiladi[20].

Havo transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand shahrining shimoliy qismida xalqaro aeroport mavjud. Samarqand Xalqaro aeroporti yirikligi boʻyicha Oʻzbekistonning ikkinchi aeroportidir (Toshkent xalqaro aeroportidan keyin). Aeroportdan mamlakatimizning Toshkent, Buxoro, Urganch, Nukus, Fargʻona shaharlariga, chet el mamlakatlari shaharlaridan Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Ukrainaning Kiyev shaharlariga parvozlar amalga oshiriladi.

Temir yoʻl transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand shahrida Oʻzbekistonning eng yirik temir yoʻl stansiyalaridan biri joylashgan. — Samarqand vokzali

Shahar ichki transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1924-yilning noyabr oyidan 1930-yilga qadar Samarqand shahrida bugʻli tramvay harakatlanar edi. 1947-yilning may oyida shaharda elektrli tramvay liniyasi ochildi. Ushbu tramvay liniyasi 1973-yilning avgust oyigacha shahar aholisi va mehmonlariga xizmat qildi. 1957-yilda Samarqandda trolleybus liniyalari ochildi. Trolleybus qatnoviga 2005-yilda barham berildi. SSSR paytida shaharda shuningdek avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.

Hozirgi paytda Samarqand shahrida jamoat transportidan avtobuslar, marshrutli taksilar, davlat va xususiy taksi xizmatlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 2016-yilning oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqandda yangitdan tramvay liniyalari qurilishi boshlandi. Shaharda metropoliten qurish rejalari mavjud.


Registon maydoni

Registon maydoni yoki RegistanOʻzbekistonda, Samarqandning Registon maydonida joylashgan 3 ta madrasadan (Ulugʻbek, Tillakori, Sherdor) tashkil topgan meʼmoriy majmua[1].

Dastlabki 1417–1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga – maydonning sharqiy qismida Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420–1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619–1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47–1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi[2].

Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon – qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.


Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi boʻlgan. „Registon“ soʻzi „qumloq joy“ degan maʼnoni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar „Registon“ deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham boʻlgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulugʻbek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega boʻldi. Zamonaviy Registon ansambli oʻzida Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.

Registonning janubiy tomonida xalq orasida „Childuxtaron“ deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Koʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qoʻsh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan soʻng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va oʻrni maydon boʻlib qolgan. 100 yil orasida oxirgi koʻrinishini olgan bu Registonni koʻrish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.

Ulugʻbek madrasasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Ulugʻbek madrasasi (Samarqand)

Ulugʻbek madrasasi Registon maydonidagi eng qadimgi madrasa boʻlib, 14171420-yillarda Temuriylar davlati hukmdori, astronom Mirzo Ulugʻbek tomonidan qurilgan. Bu inshootning, biroz keyinroq rasadxonaning qurilishi Samarqandga oʻrta asrda Sharqning asosiy ilm-fan markazlaridan birining shuhratini keltirdi.

Madrasa Registon maydonining gʻarbiy qismida qurilgan, uning roʻparasida bir necha yildan soʻng Ulugʻbek xonaqohi qad koʻtargan, shimoliy tomonini karvonsaroy egallagan. Oxirgi ikki bino ikki asrga yaqin turdi, soʻngra ularning oʻrnida XVII asr boshlarida Sherdor madrasasi va Tillakori madrasasi qurilib, bugungi kungacha saqlanib qolgan[3].

Sherdor madrasasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Sherdor madrasasi

Sherdor madrasasi Ulugʻbek madrasasi qarshisidagi maydonning sharqiy qismida 1424-yilda barpo etilgan Ulugʻbek xonaqohi oʻrnida qurilgan. XVII asr boshlariga kelib xonaqoh ham maydondagi boshqa binolar qatori eskirib, yaroqsiz holga kelgan. Samarqanddagi oʻzbek hukmdori Yalangtoʻsh Bahodirning buyrugʻi bilan Sherdor va Tillakori madrasalari qurilishi boshlandi. Sherdor madrasasi (yoʻlbarsli madrasa, „Arslonlar maskani“) Abdul-Jabbor ismli meʼmor, bezak ustasi Muhammad Abbos tomonidan qurilgan[4].

Tillakori madrasasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Tillakori madrasasi

Tillakori madrasasi maydonning shimoliy qismida Sherdor madrasasidan oʻn yil oʻtib, karvonsaroy oʻrnida 1420-yillardan buyon qad rostlagan. Binoning asosiy jabhasi, rejadagi kvadrat, nosimmetrik boʻlib, markaziy portal va ikki pogʻonali old qanotlardan iborat boʻlib, kamarli boʻshliqlar va burchak minoralari mavjud. Keng hovli perimetri boʻylab kichik turar-joy hujralari va xonalar bilan qoplangan. Hovlining gʻarbiy tomonida ustunlar ustidagi ikkita qoʻshni galereyasi boʻlgan gumbazli masjid binosi joylashgan.

Madrasa binosi geometrik va gulli naqshli mozaika va mayolika bilan bezatilgan. Ichki bezakda zardoʻzlik koʻp ishlatilgan. Madrasa nomi „oltin bilan bezatilgan“ degan maʼnoni beradi. Masjiddagi mehrob va minbar zarhallangan, devorlari va qabrlari yuzasi oltindan koʻp foydalanilgan kundal rasm bilan qoplangan.


Shohizinda

ShohizindaSamarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1119-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl.

Shohizinda meʼmoriy majmuasi Qoraxoniylar sulolasi tomonidan asos solingan.

Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (143435), unga shim.dan Davlat qushbegi madrasasi (181213) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya oʻrtaligʻining chap tomonida ziyoratxona va goʻrxonadan iborat qoʻshgumbazli maqbara (15-asr) joylashgan.

Oʻrta guruhdagi binolar: Amirzoda maqbarasi, Tugʻlu Tekin maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi, uning qarshisida Temurning boshqa singlisi Turkan ogʻo maqbarasi, 8 qirrali maqbara, Ali Nasafiy maqbarasi kabilar.

Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat masjid, Xoja Ahmad maqbarasi, 1360—61 yillarda qurilgan maqbara, Tuman ogʻo majmuasi (140506), 2 ta nomsiz maqbara (14asr oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan. Shuningdek, Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasi (11-asr), Amir Burunduq maqbarasi (14-asr oxiri) kabilardir. Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga olingan. 19—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan. 18-asrda vayron boʻlgan zina oʻrnida 40 pogʻonali gʻishtin yangi zina qurilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyul qaroriga asosan Sh. yodgorlik majmuasida katta koʻlamdagi taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Yetti iqlimga ayon Samarqanddagi aziz zotlar jasadi qoʻyilgan Shohi Zinda, ya’ni «Tirik-shoh» xonaqohi, oʻtmish ajdodlarimiz tarixi va taqdirida alohida oʻrin tutadi.

Dastavval bu yerda XI asrdag Samarqanddagi ilk qoraxoniylar davrida qurilgan «tirikshoh»ning maqbarasi bor edi.[1] Keyinchalik xuddi shu yerga 1066-yili Tamgʻach Boʻgʻraxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI—XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshootlarining gʻarb tamonidagi yoʻlakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. Oʻsha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan.

U koʻhna Samarqandning janubiy qismida joylashgan boʻlib, Sharq musulmonlarining muqaddas ziyoratgohlaridandir. Bugungi kunda Afrosiyob nomi bilan mashhur hudud qariyb 220 ga yerni oʻz bagʻriga oladi. Shu ulugʻ zaminda paygʻambar avlodi Qusam ibn Abbos nomi bilan mashhur ziyoratgoh tarkib topdi.

Shohi Zinda majmuasi XI asrda paydo boʻlgan va bu yerdagi 20 dan ziyod maqbarada 44 lavha bitilgan qabrotoshlardan iboratdir. Qariyb, toʻqqiz asrdirki, Oʻrta Osiyoning barcha shaharlari va dunyoning turli goʻshalaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar bu muqaddas maskanni ziyorat qilib kelmoqdalar. Shohi Zinda majmuasi oʻziga xos yoʻlaklari va mahobatli binolari bilan sayyohlarni oʻziga maftun etadi.

Samarqandddagi mashhur zotlar xonaqohi oʻziga xos va tengsizdir, u dovrugʻi olamga yoyilgan Misr ehromlari, Toj Mahal qolaversa yetti moʻjizaning biri desa boʻladigan maqbaralar turkumidir.

Shohi Zinda maqbarasida Qoraxoniylar va Temuriylar hamda din arboblari va peshvolari dafn etilgan, u dastlab Samarqand din arboblari va hokimlari tomonidan XI asrda paygʻambar Muhammad (S.A.V)ning amakilarining oʻgʻli Qusam ibn Abbos sharafiga qurilgan. Qusam oʻz yaqinlari bilan Madinaga qaytayotganida Samarqandda vafot etganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar bor. Ba’zi ma’lumotlarda Qusam ibn Abbos oʻlmagan u tirik gʻoyib boʻlgan deyiladi.

XIII asrda moʻgʻul istilochilarining Samarqandga qilgan harbiy yurishlari, XI—XII asrga oid koʻplab inshootlarni, buzilib, xarobaga aylanishga sabab boʻldi. Qabriston XIV asrda qaytadan tiklana boshlandi.

Amir Temur hukmronlik qilgan (1370—1405) davrda qurilish ishlari juda jadal sur’atda olib boriladi. Bu inshootlarning koʻpchiligi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Turkum majmua Afrosiyobning shimolidan to janubga shaharning qoʻrgʻon devorigacha choʻzilgan.m

Ba’zi dahmalar, XI—XII asrlarga oid maqbaralarning xarobalari ustiga quriladi. XV asr boshlarida binolar Xoʻja Axmad maqbarasidan Hazrati Xizr masjidiga boradigan yoʻl boʻylab quriladi. Temur davri me’morchiligi, bezak berishning yangi texnikalari bilan ya’ni, qirqma koshinlar bilan yanada boyitildi. Maqbaralar ikkitadan, tashqi va ichki gumbazli, baland silindr barabanli kilib quriladigan boʻldi.

Shohi Zindada nodir va maftunkor imoratlar anchagina. Har bir maqbara bejirim qutichaga oʻxshaydi. Shohi Zinda moʻjizasi sahanalarning birini namuna tariqasida ajratib koʻrsatish mushkul. Chunki ularning hammasi betakrordir. Shohi Zinda me’morchilik majmuasi uch qismdan iborat qilib qurilgan. Shohi Zindaga ulkan oʻymakor darvozadan kiriladi. Peshtoq ravoqining gʻarbiy devorida, uni Abdulaziz Bahodir ibn Ulugʻbek tomonidan x. 1434—1435-yillarida bunyod etilgani yozilgan. Bu inshoot Shohi Zindaning qariyb toʻrt asr davomidagi shakllanish tarixida xotima boʻldi. Peshtoq nafis ishlangan.

Oʻymakor eshik, 1911-yilda qurilgan, undagi naqshinkor bezak va yozuvlar kishini oʻziga tortadi. Eshikda quyidagi «Oʻlimdan oldin tavba qilmoqqa shoshilgin va Namozni oʻz vaqtida oʻqishni farz bilgin» soʻzlari yozilgan. Pastki qism tarkibiga masjid, mulozimxona hamda madrasa ham kiritilgan. Yozgi masjid ayvoni 1910-yil Samarqandlik usto Mahmud va Muhammad Siddiqlar qurishgan. Uning devorlari ganch naqshlari bilan bezatilgan. Pastki qismdagi yana ulugʻvor qoʻsh gumbazli bino tarixan oʻzida tabarruk zotlarning nomini mujassam etadi. Bu inshoot uzoq davr davomida, Ulugʻbekning ustozi Qozizoda Rumiy nomiga qurilganligi ta’kid etiladi. Buni toʻla isbotlash uchun 1979-yil 5-noyabr kuni ichkaridagi qabr ochib oʻrganildi. Haqiqatdan ham u yerdan ayol kishiga xos suyak qoldiqlari topildi. Antropolog Telman Xoʻjayevning aniqlashicha 30-35 yoshlar chamasidagi ayol suyaklari ekan. Maqbarani ichki gumbazlari naqshinkor qilib ishlangan, panellari esa olti qirrali koshinlar bilan bezatilgan. 1949—1952-yillarda maqbara tekshirildi va bosib yotgan tuproqdan tozalanib, qayta qurildi.

Nihoyat tabarruk qirq sirli zina orqali majmuaning oʻrta qismiga koʻtariladi. Zinaning eni 5 gazni tashkil etadi.


Bibixonim jome masjidi

Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi) - "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi madaniy meros obidasi.


Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi)Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (13991404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shimoli-gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Poydevori harsang toshdan, devorlari pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,5 m).

Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shimoli-gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli bostirmaayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi oʻyma naqsh, tepasi kalla muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustun qoshi topilgan). Hovlining har ikki yonida tashqi darvozaga ega bulgan turtta peshtokli darvozaxonasi bor. Masjidning hovli sahniga marmar toshtaxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qurʼon oʻqiladigan maxsus kursi) bulib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875-yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis hoshiyalar chizilgan, muqarnaslar, oʻsimliksimon nakshlar va yozuvlar bilan bezalgan lavh Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek farmoniga binoan 15-asr urtalarida yasalgan. Unga „Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, dindiyonat homiysi, Xanafiya mazhabiningposboni, aslzoda sulton, ibni sulton, amiri moʻʼminin Ulugʻbek Koʻragon“, deb bitilgan.

Masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 1897-yilgi zilzila paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 m li ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza boʻlgan. Uning ustidagi lavhada masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan (1897-yilgi zilzilada katta peshtoq ravogʻi qulab tushgan). Qoʻsh tabaqali darvoza yetti xil metall qotishmasi— „hafti jush“dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina boʻlgan. Zinadan yuqoriga—kungura ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rangbarang, qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan (hozir peshtoqning koshinlari tushib ketgan. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgan). Masjidning asosiy (mehrobli) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy uslublari haqida toʻliq tasavvur beradi. Sharafiddin Ali Yazdiyning „Agar osmon gumbazi boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi“, degan mubolagʻasi bejiz emas. Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli handasiy shakllar yigʻindisi (kubsimon prizma, xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan poygumbaz va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat 8 qirrali prizma bor. Gumbazning doirali asosiga poygumbaz tutashtirilgan. Poygumbaz sirtiga Qurʼon oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan gumbaz bilan berkitilgan (qoldigʻi koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham bosh peshtoq kabi rangbarang koshinlar bilan qoplangan, sopol gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard gʻishtchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq toshlar bilan tuldirilgan. Oddiy handasiy shakllar va pechak kabi chirmashib ketgan yozuvlar bino bezagining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mehrobli binoning baland minoralari sathi 4 burchakli kichik namoyonlarga boʻlingan. Handasiy shakl va islimiy naqshlar (turli ranglarda) namoyonlarni bezagan. Ular koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan. Koshinkor bezakning har bir boʻlagi, gullarning oʻzaklari, kosachalari, poyalari, gunchalari va barglari maxsus zaminkoshinlar parchasidan alohida kesib olingan, sopolchalar oraliq qoddirmay bir-biriga moye joylashtirilgan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq shisha kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik hajmdagi takrori boʻlsada, nakshlarning soddaligi va gumbazning kungiradorligi bilan farqlanadi. Masjidning ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal boʻrtma naqshlardan keng foydalanilgan. Masjiddagi koʻp qirrali yulduzlar, 3 qavatli xatlar oʻyilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezalgan, hoshiyalar oq toshdan yoʻnilgan. Tarixnavis Ibn Arabshohning shahodat berishicha, Jome masjidi mahobatidan hayratga kelgan zamondoshlari „Obidalarimiz avlodlarga bizning kimligimizdan darak beradi“, deb gʻurur bilan jar solishgan ekan.

1868 yilda podsho Rossiyasi qoʻshinlari Samarqandni qamal qilganda Bibi-Xonim masjidi m. toʻp oʻqidan vayron boʻlgan. Vayrona holda boʻlsa ham masjidning meʼmoriy shakllari serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan kishi diqqatini jalb qilib kelgan. Undagi rangbarang naqshlarda oʻsha davr xalq ustalarining nozik didi va yuksak mahoratidan darak beradi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan oʻtmishimizning boshqa meʼmoriy yodgorliklari qatori Bibi-Xonim masjidi m. ni tiklashga alohida eʼtibor berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining „Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash“ haqidagi qarori (1994-yil 29-dekabr)ga binoan meʼmoriy majmuada taʼmir ishlari olib borilmoqda.

Bibixonim jomeʼ masjidi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIV-XV asrlarda Movoraunnahrda, temuriylar davrida obod poytaxtga ega boʻlgan, kuchli davlat yuzaga keldi. Samarqandda yirik qurilish ishlari avj oldi. Unda Sharq xalklarining meʼmorchilik tajribasi va xalq anʼanalari mujassamlashgan edi.

Amir Temur jomeʼ masjidi Markaziy Osiyoda eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi.

Amir Temur dargohida yashagan tarixchi Gʻiyosiddin Ali Yazdiyning yozishicha, „…801 yilning ramazoni Sharif oyining toʻrtinchi kunida (1399-yil 10-may) masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini Amir Temur tanladi. Mashhur ustalar va meʼmorlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli daqiqada uning poydevorini qura boshladilar…“

Mazkur masjid tarixi haqida Abu Tahirxoʻja „Samariya“ asarida shunday keltiradi: „Amir Temur Koʻragonning jomeʼ masjidi shahar ichida, (uning) shimol tomonida Hazrati Shoh (Dari Ohanin) darvozasining yaqinidadir.“

Jomeʼning ravoqi ustida: „Amir Taragʻay oʻgʻli buyuk hoqon Amir Temur Koʻragon 801 yilda ushbu jomeʼning solinishiga amr qildi“. Jomeʼ darvozasining naqshida yozilgandirkim: Ushbu jomeʼni bitkazishga 806 yilda (melodiy 1404) muvaffaq boʻlindi". Ushbu jomeʼning eshigi ikki tabaqalik boʻlib, xulo (birinch, mis va rux birga qoʻshilib eritilsa xulo boʻlur) quyulgan va fusunkor ustalar jomeʼning kirar yeriga poʻlod qalam uchi bilan juda ham goʻzal tabiatli naqshlar qilgan. Jomeʼ eshigi ustida bayt yozilgan. Uning mazmuni: „Xalq kaftida bori aldov va havasdir. Ish dunyoning yolgʻiz egasi boʻlgan tangrining ixtiyoridadir“.

Bibixonim jomeʼ masjidining umumiy sahni 167x109m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan va hozirgi davrda bu minoralar qayta tiklandi. Jomeʼ masjid zilzilalar taʼsirida asta-sekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shimoli-gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Koʻp yillar davomida Samarqandning guzarlaridan biri, shu minora sharafiga qadimdan „Yakka minor“ deb yuritilib kelinmokda. Bibixonim jomeʼ masjidi poydevori xarsang toshdan, devorlari pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,4 — 5 m).

Taʼmir-tiklashga qadar jomeʼ masjidi, bir-biri bilan bogʻlanmagan 6 ta meʼmoriy boʻlaklardan iborat edi: hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtokli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shimoli-gʻarbda alohida saqlanib qolgan minora boʻlgan. Ilgari bu boʻlaklar uch qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli peshayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligi 3,5m) boʻlib, tagkursili, tanasi oʻyma naqsh, tepasi rangli koshinlar bilan ishlangan, muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga koʻmilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustun boshi topilgan). Har biri tashqi darvozaga ega boʻlgan toʻrtta peshayvoni bor.

Jomeʼ masjidining hovli sahniga marmartosh taxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qur’on oʻqiladigan maxsus kursi) boʻlib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875-yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis hoshiyalar chizilgan, muqarnaslar, oʻsimliksimon naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Lavh, Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek farmoniga binoan, XV asr oʻrtalarida yasalgan. Unga „Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, Hanafiya mazxabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton, amiri momin Ulugʻbek Koʻragon“ deb bitilgan. Bu yerga formatlash zarur boʻlmagan matnni qoʻying

Jomeʼ masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 1897-yilgi zilzila paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 metrli ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza boʻlgan. Uning ustidagi lavhasida masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan. Qoʻsh tavaqali darvoza yetti xil temir qotishmasi „hafti joʻsh“dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina boʻlgan. Zinadan yuqoriga-qoʻngʻira ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rang-barang, qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan. (Taʼmirga qadar peshtoqning koshinlari deyarli tushib ketgandi. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgandi). Jomeʼ masjidning asosiy (mehrobli) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy uslublari haqida tasavvur beradi.

Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli xandasaviy shakllar yigʻindisi (kubsimon prizma, xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan baraban va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat sakkiz qirrali prizma bor.

Gumbazning doirali asosi sirtiga, muqaddas Qur’on oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan gumbaz bilan berkitilgan (qoldigʻi koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham, bosh peshtoq kabi rang-barang koshinlar bilan qoplangan, sopol gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard gʻishchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq toshlar bilan toʻldirilgan. Oddiy handasaviy shakllar va pechak kabi chirmashib ketgan yozuvlar, bino bezagining tarkibiy qismini tashkil etadi.

Mexrobli binoning baland minoralari sathi toʻrt burchakli kichik izora taxtalariga boʻlingan. Handasaviy shakl va oʻsimliksimon naqshlar (turli ranglarda) pannolarni bezagan. Ular parchinkorlik, koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq shisha kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik hajmdagi takrori boʻlsada, naqshlarining soddaligi va gumbazining qoʻngʻiradorligi bilan farqlanadi. Jomeʼ masjidining ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal boʻrtma gulqogʻoz (pape-mashe)dan keng foydalanilgan.

Masjiddagi koʻp qirrali yulduzlar, uch qavatli xatlar oʻyilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezatilgan, xoshiyalar oxaktoshdan yoʻnilgan. Vayrona holatda boʻlsa ham, meʼmoriy shakllarining serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan, kishi diqqatini jalb qiladi. Undagi rang-barang naqshlar, oʻsha davr xalq ustalarining nozik didi va yuksak mahoratidan darak beradi.

Bibixonim jomeʼ masjidida, keyingi davrda taʼmir-tiklash bobida tub oʻzgarishlar amalga oshirildi, juda katta hajmdagi taʼmirlash ishlari olib borildi. Masjidning old katta ravogʻi, masjid binosini oʻrab turgan baland devor, ikki kichik gumbaz va minoralari, ichki katta gumbaz va katta ravoq taʼmirlandi va undagi-barcha koshin naqshu nigorlar qayta tiklandi, Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan mohir taʼmirchi ustalar jalb qilindi. Taʼmir ishlari hali oxiriga yetkazilganicha yoʻq.


Buxoriy yodgorlik majmui

Buxoriy yodgorlik majmui, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom alBuxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlogʻidagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan boʻlib kelgan. 16-asrda Imom alBuxoriy kabri ustiga gina makbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin shoʻro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan karovsiz ahvolga tushib qolgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Imom alBuxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilmma’rifat, diyonat yoʻlida baxshida etgan ulugʻ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari bilan boglik joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29-apreldagi "Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi oʻrnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qoʻqon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998 yilda qurildi.Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, soʻng kundalik, juma, hayit namozlari oʻqiladigan joy vazifasini oʻtaydi. Bu yerda hadis ilminm oʻrganish va boshqa ma’rifii ishlarni amalga oshirish ham koʻzlangan. Gʻ.lgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda an’anaviy milliy me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va boshqalar) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, ma’muriy va boshqa inshootlar) ning hovli atrofida r bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishkoʻk shaffof oniks toshdan ishlangan sagʻana oʻrnatilgan. Maqbaraning oʻng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sagʻananing aynan ostida Imom alBuxoriy jasadlari qoʻyilgan qabr marmartosh bilan qoplangan.Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqrhning umumiy maydoni 786 kv.m. Peshayvonining umumiy maydoni 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz oʻqishi mumkin. Hovlining oʻng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar bilan bir xil shaklda va oʻlchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va boshqa yumushlarga moʻljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy maydoni 946 kv. m. Peshayvonining maydoni 110 kv.m. Kutubxonada Qur’oni karimning noyob qoʻlyozmalari, turli nashrlari, Imom alBuxoriy asarlarining nashrlari va boshqa kitoblar bor. Majmua toʻrida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini oʻrganishga moʻljallangan oʻquv markazi — "Dorul hadio binosi joylashgan.Abduqahhor Turdiyev, Murodjon Aminov. 

Goʻri Amir

Goʻri Amir yoki Amir Temur maqbarasi (15-asr boshi – 1405-yil) – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Goʻri Amir yoki Goʼri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, oʻgʻillari Umarshayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar) dafn etilgan. Boburning taʼkidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qalʼasi yaqinida Toshqoʼrgʼon – tomonda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok boʼlgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon beradi. Maqbara Madrasa hovlisining toʻriga bunyod etilgan.

Goʻri Amir Oʻrta Osiyo meʼmor-chiligining noyob asari sifatida eʼtirof etiladi. Maqbara qurilishi Amir Temur buyruʻgiga asosan 1403-yilda boshlanib, Mirzo Ulugʻbek davrida tugallangan hamda temuriylar xilxonasiga aylantirilgan.

Maqbara, oʻrta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning nabirasi Muhammad Sulton tomonidan, XIV asrning oxirida bino qildirgan majmua qoshida tiklangan.

Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyo qirgʻoqlariga uzoq safardan qaytayotib, toʻsatdan vafot etadi. Shahzodaning jasadi Samarqandga keltirilib, ansamblning janubiy peshtoqidagi ayvon orqasidagi daxmaga dafn etiladi. Amir Temur shahzoda nomi bilan atalgan maqbara qurishni buyurdi. Shundan soʻng, kulbada sakkiz burchakli bino quriladi. Tarixchi Shoʻrqa Sharafiddin Ali Yazdiy binoni „baland gumbazi osmondek, devorlarining pastki qismi marmardan yasalgan, oltin va lapis lazuli bilan bezatilgan“ deb taʼriflaydi. Ammo Amir Temur maqbara qurilishini bu bilan tugatmaydi. U 1405-yilda erta vafot etgan va Muhammad Sulton jasadi yoniga dafn etilgan.

Amir Temur vafotidan keyin taxt uchun oʻzaro urushlar boshlanib, maqbara qurilishiga toʻsqinlik qildi. Mamlakat faqat 1409-yilda tinchlandi. Amir Temurning oʻgʻli Shohruh Mirzo Hirotni poytaxt qildi. Mirzo Ulugʻbek Samarqandga hokim etib tayinlanadi. U mamlakatda madaniyat va qurilish ishlarini rivojlantirib yuboradi. Mirzo Ulugʻbek buyuk bobosiga hurmat yuzasidan sakkizyoqli maqbarani temuriylar avlodi dafn qilinadigan maqbaraga aylantiradi.

Amir Temur Mirzo Ulugʻbekdan juda koʻp boylik meros qilib olgan. Olimlar, hunarmandlar, rassomlar uning ixtiyorida. U mamlakatda madaniyat va qurilish ishlarini olib boradi. Mirzo Ulugʻbek oʻzining buyuk bobosi sharafiga sakkiz burchakli maqbarani temuriylar avlodlari dafn etiladigan maqbaraga aylantirdi. Maqbara qurilishi tugallangach, Amir Temurning maʼnaviyat ustozi Mirsaid Barakiyning jasadi ushbu maqbaraga koʻchiriladi. Amir Temurning maʼnaviyati ustozi poyiga dafn etilgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, bunday vasiyatnomani Amir Temurning oʻzi tuzgan. Binoning ichki qismi qayta bezatilgan, maqbara sahnasida kulbalar quriladi, atrofi nafis marmar bilan oʻraladi. Maqbaraga sharqiy tomondan 1424-yilda qurilgan koʻp gumbazli galereya orqali kirish mumkin.

Maqbarada Amir Temurning oʻgʻillari Mironshoh va Shohrux ham dafn etilgan.

Maqbaraning gʻarbiy va janubiy tomonlarida qad rostlash boshlangan, ammo qurilishi tugallanmagan ulkan binolar Mirzo Ulugʻbek hukmronligining soʻnggi yillariga toʻgʻri kelgan boʻlsa kerak.

1449-yilda siyosiy inqiroz natijasida Mirzo Ulugʻbek vahshiylarcha oʻldirildi. Buyuk astronomning jasadi Goʻri Amir maqbarasiga dafn etiladi.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, madrasa 20-asrda faoliyat koʻrsatgan, bizgacha faqat xonaqoning xarobalari saqlanib qolgan. XNUMX-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz davrida tashlab ketilgan Muhammad Sulton madrasasi vayronaga aylangan.

Muhammad Sulton madrasasi va xonqohi unutilganligi sababli Samarqand yodgorliklarini birinchi tadqiqotchilar uzoq vaqt davomida madrasa va xonqaning joylashishini aniqlay olmadilar. Va faqat yigirmanchi asrning oʻrtalaridan boshlab qadimiy yodgorliklarni chuqur va har tomonlama oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi. Arxeologik qazishmalar natijasida vayron boʻlgan binolarning devor va poydevor qoldiqlari topildi. Arxitektura tadqiqot ishlari binoning ayrim qismlarining oʻlchamlarini, dizayni va pardozlashini chizishda aniqlash imkonini berdi. Yigʻilgan materiallar rejalashtirilgan restavratsiya ishlari uchun asos sifatida ishlatilgan. Butunlay vayron boʻlgan hovli devorlari tiklandi. Natijada arxitektura majmuasi binolarining qanday tartibda qulashini aniqlash mumkin boʻldi.

Muhammad Sulton majmuasidan faqat peshtoqigina saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan boʻlib, koshinlar bilan devor fonida yaqqol koʻrinib turadi. Koshinlar orasiga binoni qurgan usta – Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va „Dini jannat dili poklarnikidir“, deb jimjimador qilib yozib qoʻyilgan. gʻishtin ustunlar bezagida girih deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib ishlangan kompozitsiya asosiy oʻrinni egallaydi. Gumbazda jez, lojuvard va tillo suvlari ishlatilgan.

Dastlab maqbaraga shimoliy eshikdan kirilgan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan sharqiy eshik 1425-yilda ochilgan, chunki Mir Sayyid Barakaning bosh tomonlaridan kirishni Mirzo Ulugʻbek hurmatsizlik deb hisoblagan. 1868-yilda Chor Rossiyasi istilosi-yillarida maqbara darvozalari oʻgʻirlab ketilgan. Sohibqiron Amir Temur saroyi darvozalaridan biri Londonda, yana biri Ermitajda va uchinchi eshik esa Oʻzbekiston madaniyati va tarixi davlat muzeyi fondida saqlanmoqda. Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining qoldiqlari koʻrinib turadi. Chorsu hovlisining atrofiga ikki qavatli hujralar tushirgan.

Madrasaning burchaklarida gumbazli darsxonalar boʻlgan. Maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitilib, ustalik bilan ishlangan. Meʼmor bir-biriga mos shakllardan foydalanib, binolarning katta sathlarini mohirlik bilan bezagan.

Maqbaraning tashqi tomoni bunyod qilinganda uning gumbaziga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr, balandligi 12,5 metr boʻlsada, uning ogʻirligi sezilmaydi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga ega. Gumbazda havo rang koʻproq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri chiziqli qobirgʻalarida tovlanib, quyoshda charaqlab, guyo osmonga qadalib turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplangan. Sharafalarida ham shunday koshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor. Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli boʻlishi uchun uning ustiga ikkinchi gumbaz oʻrnatilgan.

Galereya zallarining shaklini devorlar qoldigʻidan, devorga ishlangan bezaklarni esa sharafa parchalaridan bilsa boʻladi. Inshootning qanchalik katta boʻlganligini uning gʻarb tomonida bitmay qolgan majmuaga qarab aniqlash mumkin. Katta zaldan uni toʻrt tomoniga qachonlardir qoʻyilgan toʻrtta ravogʻidan bittasigina saqlanib qolgan. Eni 10 metrlik ravoqning ikki tomonidan yoʻlak oʻtgan. Yoʻlakning shimol tomonidan qoʻsh gumbazli ikki qavatli binoga, janub tomondan esa galereyaga kiriladi. Goʻri Amir va dahmasiga shu galereyadan oʻtiladi. Demak, maqbara atrofi binolar bilan oʻralgan ekan.

Muhammad Sulton xonaqohi va madrasasidan devor qoldiqlari va koshin parchalarigina saqlangan. Shu qoldiqlar asrlar boʻyi pinhon boʻlib kelgan inshoot sirini bilishga imkon berdi. Xonaqoh oʻrtasida katta gumbazli keng zal, zalning atrofida ikki qavatli, biridan ikkinchisiga oʻtiladigan xonalar boʻlgan, bu xonalarning baʼzilarida kishilar yashagan, baʼzilari qaznoq boʻlgan.

Hovli atrofini oʻrab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga boʻlingan. Hovlining tashqi burchaklarida toʻrt minoralar boʻlgan. Yuqoriga koʻtarilgan sari ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Mirzo Ulugʻbek madrasasi minoralari kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar yuqoriga koʻtarilgan sari torayib boradi va tepasiga yetib tutashadi. Mirzo Ulugʻbek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: „Bu shavkatli Amir Temurning qabri…“ deb yozilgan koshinli lavha boʻlgan (bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi). Maqbaraga qator gumbazli galereyadan oʻtib kiriladi.

Galereyadan oʻtib, Temuriylar maqbarasiga kiriladi. Maqbara gʻoyatda nafis bezatilgan. Devorning pastki qismida koʻkimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora bor. Oniksning choklari koʻkimtir toshlar terib bezatilgan. Maqbaraga rangdor oynalar solingan panjarali darchadan yorugʻlik tushadi. Shu oynalardan oʻtib tushgan quyosh nuridan maqbara ichi rang-barang tovlanib turadi.

Maqbaraning oʻrtasiga oʻrnatilgan sagʻanalar ustida Temuriylarga bagʻishlangan yozuvlar bor. Shular orasida Amir Temurning qabri ustiga qoʻyilgan toʻq yashil rangli nefrit tosh diqqatni oʻziga jalb etadi. Mirzo Ulugʻbek 1425-yilda moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonganda qoʻlga kiritilgan oʻljalar ichida ikki boʻlak nefrit ham boʻlgan. Shu ikkala toshni yaxshilab ishlab, bir-biriga ulab, Amir Temur qabri ustiga quyilgan. 1740-yilda Eron shohi Nodirshoh Buxoro xonligini zabt etgan vaqtida (oʻsha vaqtda Samarqand Buxoro xonligiga qarar edi) Amir Temur qabri ustidagi toshni Mashhadga olib borishga buyruq bergan. Lekin, shakkok boʻlishdan choʻchigan Nodirshoh bu niyatidan qaytgan va oʻsha zamon uchun uzoq va qiyin boʻlgan safarlardan keyin toshni yana qaytadan joyiga keltirib qoʻydirgan.

Maqbaraning sharq tomonidagi ravoqda pastga tushadigan zina bor. Bu zinadan maqbaraning ostki qavatidagi dahmaga tushiladi. Ostki qavatdagi binoning shipi oʻn ikki qirrali gumbaz qilib qiya ishlangan, ichki bezaklari juda sodda. Temuriylarga qoʻyilgan sagʻanalar yuqori qavatda qanday tartibda boʻlsa, bu yerda ham shu tartibda. Har qaysi qabr usti marmartosh bilan qoplangan.

1994–1996-yillarda maqbarada katta hajmdagi taʼmirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi.

Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va gʻarbiy tomonlarini egalla-gan. Maqbara tashqi koʻrinishini qurishda gumbazga katta ahamiyat berilgan. Gumbazning pastki qismining aylanasi 15 metr, balandligi 12,5 metr boʻlsa-da, ogʻirligi sezilmaydi. Buning sababi shundaki, 64 qovurgʻali gumbazning ogʻirligi chiroyli ishlangan kamar orqali mustahkam poydevor doirasiga tushadi. Gumbazning rang-barang dizayni katta ahamiyatga ega. Gumbazda koʻk rang koʻproq qoʻllanilganligi sababli, bu rang gumbazning qiyshiq qovurgʻalarida yaltirab, quyoshda xuddi osmonga qaragandek porlab turadi. Gumbazning tepasi sirli koshinlar bilan qoplangan.

Ularning sharafiga, shuningdek, oʻlchamlari bir-biriga mos keladigan bunday plitkalardan chiroyli sukunatlar mavjud. Yodgorlik qiyofasini yanada mahobatli qilish uchun maqbaraning tashqi gumbazi ichki gumbazga oʻrnatilgan.

Ziyoratxona oʻrtasidagi marmar panjara bilan oʻralgan murabba xazira sahniga qator qabrtoshlar qoʻyilgan. Yuqorisi (toʻri)da Amir Temurning harbiy yurish-larida unga hamroh boʻlgan va uning yuk-sak hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sagʻanasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning oʻzi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evara-larining qabr toshlari qatʼiy tartib-da joylashtirilgan. Temur sagʻanasiga qoʻyilgan koʻk nefrit qabrtoshini Ulugʻbek Moʻgʻulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulugʻlaydigan soʻzlar, uning shajarasi hamda marsiyalar oʻymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sagʻanalar Ulugʻbek tomonidan yaxlit oʻyma mar-mar panjara bilan oʻralgan. Ziyoratxona-ning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi goʻrxonaga tu-shiladi. Goʻrxona sakkiz qirrali. Undagi sagʻanalar yuqrri qavatda qanday joylash-gan boʻlsa, bu yerda ham shu tartibda joy-lashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning har biri yuksak sanʼat asaridir. Ziyorat-xona serhasham bezaklarga boy. Boʻrtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girix shaklida terilgan. Toʻrtta chuqur ravoqlardagi darchalarga oʻsha vaqtda rangli oyna oʻrnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulugʻvor va afsonaviy tus ol-gan. Tashqarisi sirkor gʻishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida koʻzga tashlanadi. Maqbara darchalarida yogʻochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qoʻsh zaminli oʻymakor bezaklar boʻlgan. Maqbaraning gʻarbiy tomoniga baland peshtoq yon-dashgan. Taxminlarga koʻra bu peshtoq qoldiklari XVII asrga mansub.

Majmuaning janubiy tomonidan qaralganda, uning muhim qismi Goʻri Amir maqbarasi tashqarisidan yaqqol koʻrinadi. Koʻp dumaloq, ulkan gumbazli silindrsimon doiralarni qoʻllab-quvvatlovchi sakkizburchak prizma binoning meʼmoriy kompozitsiyasining asosini tashkil qiladi. Maqbara devorlari geometrik naqshlar, arabcha xitlar va mahorat bilan ishlov berilgan koʻk, havodor va oq sirlangan koshinlar bilan qoplangan. Meʼmor oʻxshash shakllardan foydalangan holda binolarning katta qavatlarini mohirlik bilan bezatilgan.

Maqbara hashamatli sakkiz qirrali asosda qurilgan boʻlib, uning tashqi bezaklari devorlariga marmar bitiklar bilan qoplangan boʻlib, ular orasida „subhanallohu bihamdih va subhanollohul azim va bihamdih“ duosi bitilgan, yaʼni kufiy yozuvida Alloh taologa hamd aytishdir.


Oqsaroy

OqsaroySamarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Temuriylarning soʻnggi daxmasi. O. qoʻshimcha daxma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (146994) qukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarx/sh katta xona va qaramaqarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. Bosh tarzi janubiga qaragan. Oʻrtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. Oqsaroy qurilishida oʻsha davr meʼmorligiga xos murakkab usullar qoʻllanilgan: katta xona gumbazi 4 katta ravoq va oʻzaro kesishgan ravoqchalar hamda toqilar yordamida yopilgan. Bu qurilmalar sharafa va ganch bezaklari bilan pardozlangan. Bezaklarning koʻp qismi kundal uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan oq, koʻk ranglar oltin xal bilan oʻzaro uygʻunlashib ajoyib koʻrinish kasb etgan. Naqsh shakllari oʻzaro takrorlan-magan. Bir ravokdagi naqshda bir-biriga oʻxshamaydigan 67 xil bezakgul boʻlgan. Binoning tashqi meʼmorligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. Oqsaroy temuriylar davri meʼmorligining noyob namunasi hisoblanadi[1].

Oqsaroy maqbarasining aniq qurilgan sanasi va maqsadi haqida tarixiy manbalar yoʻq. Sovet arxeologi va sharqshunosi tarixchisi M.E.Masson maqbaraning qurilishi Movarounnahr hukmdori Abdulatifning oʻldirilishi bilan bogʻliq boʻlib, otasi Mirzo Ulug'bek qabri u yerdaligi sababli u Go'riamir maqbarasiga dafn etilishi mumkin bo'lmagan deb taxmin qilinadi.  Shu bilan birga, maqbaraning me’moriy xususiyatlari va ichki bezaklari Ishratxona maqbarasiga o'xshab ketadi, bu esa uni XV asrning 70-yillarida qurilgan deb nisbat berish imkonini beradi.  Maqbara Sulton Abu Said oilasining erkak avlodlari uchun oilaviy qabr vazifasini o‘tashi mumkin degan fikr ham mavjud.

XX asrga kelib, yodgorlik jiddiy shikastlangan holatga kelgan.  1924—1925-yillarda inshootda rekonstruksiya ishlari olib borildi, bu maqbarani buzilib ketishidan saqlab qolgan.  XXI asr boshlariga qadar u vayrona holatda bo'lgan.  2007-yilda Oqsaroy maqbarasi shaxsiy mablagʻlar hisobidan qayta tiklandi va hozirda sayyohlar uchun ochiq.

Me'morchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqsaroy maqbarasi bir gumbazli, toʻrtburchak shakldagi bino boʻlib, asosiy zal va uchta kirish xonasini oʻz ichiga oladi. Asosiy zalning yuqori qismi silindrsimon baraban ustidagi gumbaz bilan qoplangan boʻlib, uning asosini kesishuvchi ravoqlar va qalqonsimon yelkanlar tashkil qiladi. Tor zinapoyaga o'xshash yo'l marmar bilan qoplangan sakkizburchak xilxonaga olib boradi. Binoda har qanday tashqi bezak yo'q, ammo ichki bezaklari bilan tashqi ko'rinishidan keskin farq qiladi. Ichki qismda, devorlarning tagida mozaikali panel mavjud. Devorlar zargarlik buyumlaridan ko'p foydalanilgan holda ishlangan bezakli rasmlar bilan qoplangan.


Afrosiyob

Afrosiyob qal’asiOʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, tarixiy-arxeologiya yodgorligi. Obyekt miloddan avvalgi VII—XIII asrlarga tegishli. Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan. Mazkur manzilgoh Samarqand shahar atrofida „Imom Vose“ MFY „Kircha“ MFY, Shohi-Zinda koʻchasilari hamda Siyob va obi-Mashxad ariqlari oralarida (Toshkent koʻchasi) oʻrnashgan. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa koʻra ushbu majmua davlat mulki hisoblanadi. Bu „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan hamda davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Nomining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Etnograf olim V. L. Vyatkin asarlarida qayd etilishicha, Afrosiyob nomi 17asrdan boshlab yozma manbalarda tilga olina boshlangan. Bu davrgacha esa uni „Hisori koʻhna“, „Qal’ai koʻhna“ („Eski qal’a“) nomlari bilan atashgan. Bugungi kunda xalq orasida ham, ilmiy qoʻlyozmalarda ham Afrosiyob nomi bilan ataladigan boʻlgan.

Yana bir etnograf tadqiqotchi V. A. Livshis yodgorlik nomini Parshab (sugʻdcha Parshvab) yaʼni „Siyob usti“ soʻzidan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlarini bayon etadi. Biroq, respublika hududida Afrosiyob nomi bilan bogʻliq boshqa koʻplab geografik nomlar ham mavjud. Jumladan, Toshkent shahridagi Mingoʻrik tarixiy yodgorligining boshqa nomi „Afrosiyob oshxonasi“ boʻlsa, „Shohnishintepa“ hududi „Afrosiyob taxti“ deb nomlanadi. Shu bilan birgalikda, Qashqadaryo viloyati Kitob shahridagi yodgorlik nomi ham Afrosiyob nomi bilan aloqador.

Afrosiyob 12-asrda amalga oshirilgan moʻgʻullar hujumidan soʻng ana shunday haroba holatga kelib qolgan. U oʻsha davrlarda Samarqand shahrining markazi boʻlgan. Ammo hududning afsonalarda tilga olingan Turon shohi nomi bilan atalgan tepalik yaqinidan oqib oʻtubchi Siyob arigʻi bilan hech qanday bogʻliqlik joyi mavjud emas.

Samarqandning moʻgʻullar hujumi davrigacha asosiy markazi boʻlmish Afrosiyob oʻsha vaqtda mustahkam qal’a devorlari bilan oʻrab olingan edi. Ibn al-Faqih oʻz asarlarida qal’a haqida yozar ekan, uning Kesh, Xitoy, Usrushon va Ohanin singari nomlar bilan ataluvchi darvozalari haqida alohida toʻxtalib oʻtadi. Har qanday geografik hududlarda boʻlgani singari, mazkur maskanda ham darvozalar nomlari keyinchalik oʻzgarib ketadi. Afrosiyob darvozalari xususida maʼlumot qoldirgan al-Istaxriy (10-asr) Kesh nomli darvozani Katta, Ohanin darvozasini Navbahor, Usturshona darvozasini esa Buxoro nomlari bilan tilga olgan.

Mazkur darvozalarning biri hozirgi Xizr masjidi oʻrnida joylashgan boʻlib, bu darvoza oʻz davrida Kesh keyinchalik esa Katta darvoza nomi bilan mashxur boʻlgan. Arab tarixchisi Istarxiyning yozishicha, bu darvoza toza temirdan yasalgan boʻlib, unda xalqqa nomaʼlum tilda yozilgan yozuvlar mavjud boʻlgan. Yerlik aholi mazkur yozuvlarni imyariy (arab qabilalaridan biri) yozuvi deb hisoblashgan. Tarixchi Bloshe esa bu yozuvlarni oʻrxun bitiklari boʻlishi mumkinligi haqida aytib oʻtadi. Istarxiy Samarqandga kelgan vaqtida bu yerda qoʻzgʻalon koʻtariladi. Qoʻzgʻalonchilar tomonidan mazkur temir darvoza buzib tashlanadi. Keyinchalik esa uni shahar hokimi Abul Muzaffar qayta tiklaydi, ammo avvalgi darvozada mavjud boʻlgan bitiklar yangi darvozaga yozilmaydi[3].


Samarqand badiiy muzey-qoʻriqxonasi

"Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasiSamarqand shahri va Samarqand viloyatida muzeylarni markaziy boshqarish, tarixiy, madaniy va sanʼat yodgorliklarini saqlash va roʻyxatga olishni nazorat qilish, yodgorliklarni taʼmirlash va konservatsiyalashni boshqaruvchi tashkilot.

1982-yil Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi va uning boʻlimlari, shuningdek Samarqand shahri va Samarqand viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar negizida tashkil qilingan. Muzey-qoʻriqxona tarkibiga 11 ta muzey — Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi (bosh muzey), Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Samarqand shahar tarixi - Afrosiyob muzeyi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi muzeyi - majmuasi, Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi, Kattaqoʻrgʻon sh. tarixi oʻlkashunoslik muzeyi, Ishtixon tuman tarixi muzeyi, Paxtachi tuman tarix muzeyi, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorlik muzeyi, Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy - muzeyi, Mahmudxoʻja Behbudiy uy - muzeyi va 3 ta meʼmoriy obidalar — Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jomeʼ masjidi, Nodir Devonbegi madrasasi kiradi. Muzey-qoʻriqxona Samarqand viloyati hududida joylashgan muzeylar xazinasidagi noyob osori atiqalar va tarixiy obidalarni avaylab asraydi, ilmiy jihatdan oʻrganadi, ularni yangi topilmalar bilan boyitadi, ular asosida yangi ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil qiladi; shuningdek, ular haqida kitoblar, katalog, buklet, yoʻl koʻrsatkichlar nashr etadi, tarixiy obidalarda muzeylashtirish ishlarini olib boradi, muzey-qoʻriqxona hududida amalga oshiriladigan qurilish va taʼmirlash ishlarini nazorat qiladi. Tarixiy, madaniy va sanʼat yodgorliklarini saklash boʻyicha mavzuli (jumladan, Oʻzbekiston sanʼati va boshqa) kinolektoriy va xalq universiteti mashgʻulotlarini oʻtkazadi.

Muzey-qoʻriqxona xazinasida oʻzbek xalqi madaniyati va sanʼati tarixining barcha davrlardagi taraqqiyotini aks ettiradigan asl yodgorliklar — 235 mingdan ziyod eksponatlar saqlanadi (2022). Muzey-qoʻriqxona maʼmuriyati Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi binosi (Samarqand shahar Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 148-uy)da joylashgan.[1]


Goʻri Amir